Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Moskva shahar Imom Buxoriy nomidagi musulmonlar mahalliy diniy tashkiloti o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandumni Toshkent Islom instituti rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov va Imom Buxoriy nomidagi musulmonlar mahalliy diniy tashkiloti raisi Umidbek Mamtaliyev imzoladi.
Mazkur hamkorlikdan ko'zlangan maqsad ikki muassasa o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, xususan, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy yo'nalashda hamkorlik, o'qituvchi, ilmiy xodim va talabalarning o'zaro malakasini oshirish, birgalikda ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish, innovatsion faoliyatni amalga oshirish, xalqaro o'quv, ilmiy va ilmiy-texnikaviy loyiha, anjuman va seminarlar tashkil etish hamda o'quv va ilmiy adabiyotlar almashinuvini olib borish kabi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati