10 sentyabrga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik barcha hojilar Makkadagi mehmonxonadan Mino vodiysiga o‘tdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.
«Aynan mana shu amal bilan (yolg‘on Arafa kunidan boshlab) Haj amallari boshlanadi. So‘ng, 11 sentyabr kuni — Zul-hijja oyining 9-kuni ziyoratchilarimiz Arofat vodiysiga o‘tishadi va bu yerda Hajning asosiy farzlaridan biri amalga oshiriladi», — deyiladi qo‘mita axborotida.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylarida ibodat qilib, duo va namoz hamda boshqa ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘ladi.
«Hozirda Mino vodiysida o‘zbekistonlik hojilar ibodatlarni ko‘tarinki kayfiyatda davom ettirmoqda. Ular Yaratgandan oilalariga baxt-saodat, xalqqa farovonlik, O‘zbekistonga tinchlik va osoyishtalik tilab duolar qilmoqda», — deyiladi qo‘mita xabarida.




http://religions.uz/
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati