Joriy yilning 10 sentyabr kuni Qurbon hayiti bayramini respublikamizda munosib kutib olish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi barcha diniy ta’lim muassasalarida ommaviy hashar tashkil etildi.
Ushbu hashar kunida bilim yurtlarining o‘qituvchi, ishchi-xodimlari va barcha kurs talabalari ishtirok etdilar.
Shuningdek, har bir kurs talabalariga ajratib berilgan sinf xonalari, tikuvchilik xonasi, ARM xonasi, masjid, talabalar turar joyi, sport maydonchasi, oshxona, tahoratxona hamda bilim yurtining ichki va tashqi hovlisida ham keng ko‘lamli tozalik ishlari amalga oshirildi.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi
Payariq tumanida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tashabbusi bilan shahar va tuman imom-xatiblari, iqtidorli imomlar hamda 65 nafar hojilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq bilan, keng jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikrlar bildirildi. Bu bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari hududdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemor va nogironligi bor oilalar yashaydigan xonadonlarga borishdi. Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan 50 ta nogironi bor ana shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, viloyatda diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘lida faol ishtirok etib kelayogan besh nafar amaliyotchi moddiy jihatdan rag‘batlantirildi.
Vaqf.uz