Birlashgan Arab Amirliklarining “Emirates” havo yo'llari kompaniyasi Muborak Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan minglab iftorlik to'plamlarini tayyorladi. Ushbu maxsus qutilarga joylashtirilgan iftorlik to'plamlarida ro'zadorlar uchun turli eguliklar, mevalar va suv mavjud.
“Rossiya Amirliklari” sayti ma'lumotiga ko'ra, ayni kunda Dubay xalqaro aeroportida yo'lovchilarga Ramazon oyida an'anaviy arab shirinliklari, xurmo va kofe taqdim etilmoqda. Shuningdek, iftorlik paytida bortga chiqayotgan yo'lovchilar uchun suv, sharbat, banan va xurmolar ham tarqatilmoqda.
Ro'zadorlarni iftorlik vaqtida ma'lumot xabardor qilish uchun “Emirates” aviakompaniyasi parvoz vaqtida quyosh chiqishi va botishi vaqtini bilish uchun maxsus yondashuvdan foydalanadi. Shuningdek, uzunlik, kenglik va samolyotning parvoz balandligi, quyosh botganidan keyin samolyot kapitani yo'lovchilarga iftorlik boshlanishi haqida rasman xabar beradi.
O'MI Matbuot xizmati
Kecha, 13 may kuni Madina shahriga eson-omon yetib kelgan ziyoratchilarimizning ilk guruhlarini Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, “Haj – 2025” ishchi guruhi vakillari, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashesi Shuhrat Amoniy va boshqa mutasaddilar tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.
Shuningdek, hamyurtlarimiz muhtasham “Zam-zam Pullman” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar va hadyalar ulashilib, gullar ila ikrom qilindi.
Ayni damda ziyoratchilarimiz mehmonxonalarga joylashib bo‘lganidan so‘ng ixlosu imon bilan ibodatlarni ado etish, xususan, Masjidu Nabaviy va Ravzai muborakni ziyorat qilishga, yaqinlari tomonidan iltimos qilingan salomlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetkazishga oshiqmoqdalar.
Alloh taolo yurtdoshlarimizning safarlarini muborak qilib, ibodatu duolarini ijobat aylasin, Ravzai sharif ziyoratini barchamizga nasib etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati