Joriy yilning 2 sentyabr kuni Makka va Madina shaharlarida "Haj -2016" ishchi guruh shtabida ishchi guruh a’zolari va guruh rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida diniy sohada amalga oshirilgan buyuk ishlar va ulkan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tildi hamda Yurtboshimizning oila a’zolariga, yaqinlariga va butun xalqimizga ta’ziya izhor qilindi va samimiy hamdardlik bildirib o‘tildi. Hozirda Makka va Madina shaharlarida bo‘lib turgan hojilarimiz ushbu judolikni chuqur qayg‘u bilan qabul qildilar.
Muhtaram Yurtboshimizning vafotlari munosabati bilan 3 sentyabr kuni peshin namozidan so‘ng Madina va Makka shaharlarida g‘oibona janoza namozi o‘qildi. Unda yurtdoshlarimiz Prezidentimiz oxiratlari obod bo‘lishi, joylari jannatdan bo‘lishini Yaratgandan so‘rab, duo-yu iltijolar qildilar. O‘zaro bir-birlariga sabr-toqat bildirdilar.
Shuningdek, hojilarmiz muhtaram Yurtboshimiz haqlariga xatmi Qur’onlar o‘qidilar va Umra amallarini Masjidul Haramda ado etib, savobini muhtaram Prezidentimiz ruhoniyatlariga bag‘ishladilar va haqlariga duo-yu fotihalar qildilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Tong otganida:
اللهُمَّ إِنِّي أَصْبَحْتُ مِنْكَ فِي نِعْمَةٍ وَعَافِيَةٍ وَسِتْرٍ فَأتِمَّ نِعْمَتَكَ عَلَيَّ وَعَافِيَتَكَ وَسَتْرَكَ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ
"Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ’afiyatin va sitrin faatimma ni’mataka ’alayya va ’afiyataka va satroka fiddunya val axiroh", deb uch marta va kechqurun uch marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi", dedilar (Ibn Sunniy rivoyati).
Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo‘lishimni mukammal qil.