Sayt test holatida ishlamoqda!
15 May, 2025   |   17 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:38
Xufton
21:07
Bismillah
15 May, 2025, 17 Zulqa`da, 1446

Makka va Madinada ziyoratchilarimiz Prezidentimizning "g‘oib" janoza namozini o‘qidilar

04.09.2016   9347   1 min.
Makka va Madinada ziyoratchilarimiz Prezidentimizning

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Makka va Madina shaharlarida "Haj -2016" ishchi guruh shtabida ishchi guruh a’zolari va guruh rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida diniy sohada amalga oshirilgan buyuk ishlar va ulkan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tildi hamda Yurtboshimizning oila a’zolariga, yaqinlariga va butun xalqimizga ta’ziya izhor qilindi va samimiy hamdardlik bildirib o‘tildi. Hozirda Makka va Madina shaharlarida bo‘lib turgan hojilarimiz ushbu judolikni chuqur qayg‘u bilan qabul qildilar.

Muhtaram Yurtboshimizning vafotlari munosabati bilan  3 sentyabr kuni peshin namozidan so‘ng Madina va Makka shaharlarida g‘oibona janoza namozi o‘qildi. Unda yurtdoshlarimiz Prezidentimiz oxiratlari obod bo‘lishi, joylari jannatdan bo‘lishini Yaratgandan so‘rab, duo-yu iltijolar qildilar. O‘zaro bir-birlariga sabr-toqat bildirdilar.

Shuningdek, hojilarmiz muhtaram Yurtboshimiz haqlariga xatmi Qur’onlar o‘qidilar va Umra amallarini Masjidul Haramda ado etib, savobini muhtaram Prezidentimiz ruhoniyatlariga bag‘ishladilar va haqlariga duo-yu fotihalar qildilar.

 

 

Yangiliklar
Boshqa maqolalar

Hojilarni kuzatishda qanday duo qilinadi?

12.05.2025   8358   1 min.
Hojilarni kuzatishda qanday duo qilinadi?

Cafarga chiquvchilarning haqqiga duo qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan sanaladi. U zot alayhissalom:

أَسْتَوْدِعُ اللهَ دِيْنَكَ وَأَمَانَتَكَ وَخَوَاتِيمَ عَمَلِكَ

“Astavdi’ulloha diynaka va amaanataka va xavotiyma amalika”, deb sahobalarni safarga kuzatar edilar.

Ma’nosi: “Diningizni, omonatingizni va amallaringiz xotimasini Allohga topshiraman”.

 

Hojilarni kuzatishda quyidagi duolarni qilish tavsiya etiladi:

1. Allohim, hojilarning safarlarini oson qilgin. Ularni Senga topshirdik.
 

2. Allohim, hojilarni safarlari davomida har qanday balo va yomonliklardan asragin hamda oilalari bag‘riga sog‘-salomat qaytargin.
 

3. Allohim, hojilarning duo, ibodatlarini va qalblaridagi barcha shar’iy niyat hamda maqsadlarini ijobat etgin. Gunohlarini mag‘firat, tavbalarini qabul qilgin.
 

4. Allohim, hojilarning ibodatlarini O‘zing uchun xolis qilingan amallar qatorida qabul aylagin.
 

Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!


Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohlaringiz mag‘fur bo‘lsin!

Davron NURMUHAMMAD