Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Avgust, 2025   |   16 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:27
Peshin
12:33
Asr
17:25
Shom
19:33
Xufton
20:56
Bismillah
10 Avgust, 2025, 16 Safar, 1447

G'AYB ILMI ALLOHGA HOS “Keyingi pushmon o'zingga dushman”

17.01.2024   1127   3 min.
G'AYB ILMI ALLOHGA HOS “Keyingi pushmon o'zingga dushman”

Kelinimni vaqti soati etib, tug'ruqxonaga olib bordik, shifokorning oldiga kirib ketayotsak, farrosh ayol: “Keliningiz qiz tug'adi, qiz bo'lsa, menga sarpo qilarsiz”, deb gapirib qoldi.

Allohga shukr, kelinim eson omon qutilib oldi. O'g'il nevara  ko'rdim. Alloh har narsaga qodir!

Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:

“Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi to'g'risida) bilim bordir. U (xohlaganicha) yomg'ir yog'dirur va bachadonlardagi narsa (homila)ni bilur. Biror jon ertaga nima ish qilishini bilmas. Biror jon qayerda o'lishini ham bilmas. Albatta, Alloh (hamma narsani) biluvchi va xabardor zotdir (Luqmon, 31-oyat).

Oramizda homilaning o'g'il yoki qizligini, kaftga qarab kelajakda nima bo'lishini, rasmga qarab, insonni qancha umr ko'rishigacha aytib beradiganlar hamon  uchrab turadi. Bunday insonlarning gapiga quloq solib mudhish xatoga, gunohga qo'l urayotganlar ham bor.

To'rtta qizi bo'lgan ayol ham zamonaviy apparatlarga tushib, homilasini tekshirtiradi. Qizligini bilgandan keyin, oldirib tashlash uchun borganida, “Homilangiz katta bo'lib qolgan. Havfli bo'lishi mumkin”, deganida, “Hoxlagan pulingizni beraman, oldirib tashlang”, deb  shifokorni ko'ndiradi. Bolani  bo'lak-bo'laklarga bo'lib olib tashlayotganda, Allohning qudrati bilan homilaning beldan pasti butun chiqib keladi.  Bunday holatni ko'rib, shifokor ham hayratda qoladi. Homila o'g'il ekan. 

Olib tashlagan homilasi o'g'il bo'lganligini bilib, ayol  ming yoqqa o'zini urib, dod faryod qiladi. Ming afsus endi foydasi yo'q.

Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:

“Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga (xos)dir. (U) xohlagan narsani yaratur. Hohlagan kishisiga qizlarni hadya etur va xohlagan kishisiga o'g'illarni hadya etur”.

“Yoki ularga o'g'illar va qizlarni qo'shib berur va xohlagan kishisini farzand ko'rmaydigan qilib qo'ygay*. Albatta, U (buning hikmatini) biluvchi va (o'zi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir.  (Sho'ro, 49-50 oyat).

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi

Munira ABUBAKIROVA

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Salafi solihlarning mutashobih matnlar borasidagi tavsiyalari

08.08.2025   9252   1 min.

Rustam Oxunjonov, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi

VIDEO