2016 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi futbol jamoalari o‘rtasida Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan futbol turniri o‘z yakuniga yetdi. Final uchrashuviga mehmon sifatida Azamat Abduraimov, Mirjalol Qosimov, Ja’far Irismetov, Sadriddin Abdullayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Marat Bikmayev kabi futbolchilar, faxriylar sifatida esa, Axbor Imomxo‘jayev, To‘lagan Isoqov, Narimon Jalolov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakili Anvar qori Tursunov tashrif buyurdi.
Natija quyidagicha:
“Hazrati Imom” (O‘MI) 4 - 2 “Buxoriy avlodlari” (TII)
Musobaqa umumiy natijalariga ko‘ra,
1-o‘rin “Hazrati Imom” jamoasi,
2-o‘rin “Buxoriy avlodlari” jamoasi,
3-o‘rin “Minor” jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, futbol turnirida ayrim jamoalar va futbolchilarga quyidagi yorliqlar berildi:
Eng yaxshi darvozabon – Muhammadnazar Qayumov (O‘MI)
Eng yaxshi himoyachi – Murod Abdumurodov (Nukus)
Eng yaxshi yarim himoyachi – Obidjon Yormatov (TSHI)
Eng yaxshi murabbiy – Ilyos Ahmedov (O‘MI)
Eng yaxshi hujumchi – Shuhrat Hojiboyev (TVI)
Eng ko‘p to‘purar – Aydarbek Tulepov (O‘MI)
Eng yaxshi futbolchi – Aydarbek Tulepov (O‘MI)
Eng yaxshi pleymeyker – Hasan Toshpo‘latov (TII)
Halol o‘yin sohibi – “Buxoriy avlodlari” (TII)
Eng chiroyli gol sohibi – San’atulloh Qoraxoniy (TSHI)
Eng jonkuyar muxlis – Zakariyo Hafizullayev
Eng yaxshi muxlis – Azamat Rahmatov.
Final yakunida turnirga mezbonlik qilgan Toshkent shahar imomlari jamoasi barcha o‘rin egallagan jamoalar hamda tashrif buyurgan mehmonlarni esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirladilar. Barchani Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami bilan chin qalbdan qutlaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
axborot xizmati
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati