Sufyoni Savriy hazratlari aytadi: Ka’bani tavof etayotganda har qadamida salavot o‘qigan bir kishini uchratdim. Unga “Sen kerakli duolarni tashlab, faqat salavot o‘qiyapsan. Har joy uchun alohida o‘qiladigan duolar bor” dedim. U “Sen kimsan?” deb so‘radi. Men o‘zimni tanishtirdim. U “Sen avomlardan emassan, olim ekansan. Senga gapirib berayin” deb boshladi: Otam bilan Baytullohga borish uchun yo‘lga chiqdik. Yo‘lda otam kasallandi. Uni davolash uchun astoydil harakat qilganimga qaramay otam vafot etdi. Vafot etishi bilan yuzi qorayib ketganini ko‘rdim. Yuzini bekitdim. Yonida o‘tirib, uxlab qolibman. Tushimda shunday bir zotni ko‘rdimki, undan go‘zal yuzli hech kimni ko‘rmagandim. Undan juda go‘zal hid kelardi. Otamning yoniga keldi. Yuzini bekitgan yopinchiqni olib, kaftini otamning yuziga surdi. Otamning qora yuzi nurlandi, oppoq bo‘ldi. Bu zotdan kim ekanligini so‘raganimda “Men Rasulullohman. Otang umrini bekor o‘tkazdi. Ammo menga ko‘p salavot o‘qirdi, hozir qayg‘uda ekanligini menga bildirdilar, o‘zi ham mendan yordam istadi. Ko‘p salavot o‘qigan mo‘minga men, albatta, yordam beraman” deb marhamat qildilar. Uyg‘onib, otamning yuzi oppoq bo‘lganini ko‘rdim. Mana shu sababli, qayerda bo‘lsam ham Payg‘ambar janobimizga ko‘p salavot o‘qiyman.
Haqiqatdan umrimiz g‘aflatda o‘tdi. Qanchadan qancha xayrli ishlarni qo‘ldan boy berdik. Keling azizlar bu yo‘qotishni o‘rnini salovot aytib to‘ldiraylik va yuzimizni qorayib ketishidan saqlaylik.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishning foyda va samaralari.
1. Alloh taoloning amriga bo‘ysunish.
2. Bir salovot uchun Alloh taolodan o‘n salovot olish.
3. Bir salovot uchun o‘n daraja ko‘tarilishi.
4. Bir salovot uchun o‘n hasanot yozilish.
5. Bir salovot uchun o‘n o‘n gunoh o‘chirilishi.
6. Duoning qabul bo‘lishi.
7. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf bo‘lish.
8. Gunohlarning mag‘firat qilinishi.
9. G‘am g‘ussadan forig‘ bo‘lish.
10. Qiyomat kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo‘lish.
11. Kambag‘al uchun salovot sadaqa o‘rniga o‘tishi.
12. Hojatlarning ravo bo‘lishi.
13. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytgan odamga Alloh taolo va Uning maloikalari salovot aytadilar.
14. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytuvchi poklanadi.
15. Salovot aytish bandaga jannat bashoratini beradi.
16. Qiyomat kuni dahshatlaridan najot beradi.
17. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam salovot aytuvchiga javob beradilar.
18. Bandaga unitgan narsani eslatadi.
19. Majlisni Allohning rahmati o‘rab oladi.
20. Salovot faqirlikni ketkazadi.
21. Salovot bandadan baxillik sifatini ketkazadi.
22. Salovot insonni “duoi baddan” qutilishga sabab bo‘ladi.
23. Salovot o‘z egasini jannat yo‘liga eltadi.
24. U o‘z egasini majlis noxushligidan saqlaydi.
25. Hamda sano bilan boshlangan duoni tamomlaydi.
26. Bandaning sirotdagi nurini to‘liq qiladi.
27. Banda u bilan jafodan chiqadi.
28. Salovot barakaga sabab bo‘ladi.
29. U Alloh taoloning rahmatiga erishtiradi.
30. Salovot Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatni bardavomligining sababchisidir.
Nurmuhammedova Vasila
"Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasi orqali xalqimizga ma’rifat ulashilmoqda. Ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qilgan xodimlar esa har yili taqdirlanadilar.
Bugun 12 may kuni Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida tashkil etilgan ushbu tadbir "Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasiga faol obuna tashkil etgan imom-xatiblar taqdirlandilar va ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilganning ajridek ajr beriladi", deya marhamat qilganlar. Darhaqiqat, yaqinlarga, do‘stlarga yaxshilik ulashish, ma’rifat tarqatishga dalolat qilish tahsinga sazovor ishdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati