Arafa kuni quyosh botgach, shom namozini o‘qimasdan, Muzdalifaga jo‘naladi. Yetib kelib, bu yerda shom va xufton namozi bir azon va bir iqomat bilan jam qilib o‘qiladi. Kim shomni yo‘lda o‘qigan bo‘lsa, qaytarib o‘qiydi. Muzdalifada iyd kuni bomdodddan to quyosh chiqquncha turish vojib. Muzdalifada uning o‘z chegarasida turishga e’tibor berish kerak. Bu yerda duo tasbeh, takbir aytib turishga e’tibor berish kerak. Ayollar, yosh bolalar, qarilar qiynalishdan qo‘rqsalar Muzdalifada to‘xtamay Minoga o‘tib ketishi kerak. Boshqalar quyosh chiqqandan so‘ng Minodan jo‘nashadi.
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.