Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

Pokiza ayollarga tuhmat qilish

19.07.2016   8229   3 min.
Pokiza ayollarga tuhmat qilish

Hozirgi kunda odamlar orasida jamiyatni zaiflashuviga, insonlarda bir-birlariga nisbatan gina-adovat va nafrat paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotgan illatlardan biri buzuq niyatlardan behabar, pokiza ayollarga tuhmat toshini otib, ularni badnom qilishdir albatta. Alloh taoloning kalomida va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida unday kimsalarga bu dunyoda qilinishi kerak bo‘lgan muomala va ularni oxiratdagi xatarli xolatlari batafsil bayon qilingan.

Alloh taolo “Nur” surasi aytadi: «Albatta, (bo‘zuq  niyatlardan) bexabar, poqiza, mo‘mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la’natga duchor bo‘ladilar. Ular uchun ulug‘ azob bordir. U Kun (qiyomat)da qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham, qo‘l-oyoklari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur» (23-24oyat).

Va yana Alloh taolo "Nur" surasining boshqa oyatida marhamat qiladi: «Iffatli ayollarni (zinokor deb) haqoratlagan, so‘ngra (bu da’volariga) to‘rtta guvoh keltira olmagan kimsalarni sakson darradan uringiz va abadul-abad ularning guvohliklarini qabul qilmangiz! Ana o‘shalar fosiq kishilardir»(4-oyat).

Haromdan saqlangan, poqiza ayolga kimda-kim «zinoqor» yoki «fohisha» deb tuhmat qilsa, unga dunyo-yu oxiratda la’nat va ulkan azob bo‘lishini, bu dunyoda esa sakson darra urilib, garchi ishonchli bo‘lsa-da, guvohligi boshqa qabul qilinmasligini Alloh taolo bayon qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb ular orasida: «(Bo‘zuq  niyatlardan) g‘ofil, poqiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish»ni ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh).

Tuhmat qilish - poqiza ayolga «yey zinoqor» yoki «yey fohisha» va yo shunga ma’nodosh so‘zlarni aytish, eriga «yey fohishaning eri» o‘g‘liga «yey fohishaning o‘g‘li» qiziga «yey fohishaning qizi» deyish yoki shu kabi so‘zlarni so‘zlashdir. Bironta erkak yoki ayol boshqa bir erkak yoki ayolga va yo yosh bolaga shu va shunga o‘xshash so‘zlarni aytsa, shu so‘zlarning rostligiga to‘rtta guvoh keltirishi lozim. Agar keltira olmasa, tuhmatga uchragan erkak yoki ayol talab qilsa,jamiyat va hukumat oldida jazoga tortiladi.

Ko‘p johillar bexayo so‘zlarni aytishga odatlanib qolishgan. Holbuki, ular mana shu so‘zlari bilan dunyoda gunohkor, oxiratda azobga giriftor bo‘ladilar. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda o‘ylamasdan bir so‘zni aytadi-da, u sababli mashriq bilan mag‘rib orasidagi masofadan uzunroq  masofali do‘zaxga qo‘laydi» deganlar (Muttafaqun alayh).

Abdulloh  ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odam farzandi xatolarining aksariyati tilidandir», dedilar» (Tabaroniy, Bayxakiy rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda: «Kimki Alloh va oxirat kuniga ishonar ekan, unda yaxshi gap gapirsin yoki sukut saqlasin», deyilgan (Muttafaqun alayh).

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tiliga egalik qilgan, uyi sig‘dirgan va xatolariga yig‘lagan kishiga jannat bo‘lsin», dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, axloqsiz va bexayo so‘zlovchi bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati).

Alloh taolo lutf-marhamati ila barchamizni tillarimiz yomonligidan saqlasin. Albatta, u saxovatli, marhamatli zotdir.

 

Imom Buxori nomli toshkent islom instituti

talabasi Abdussomad Abdulbosit

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qiling

14.07.2025   2585   2 min.
Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qiling

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

Sarmoyangiz umringizdir...

Alloma Ibn al-Javziy o‘zining «Mudahish» nomli kitobiga bunday yozadi:

Bir kishi bor edi, u bozorda muz sotardi. Ovozini chiqarib bunday derdi: Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qilinglar!”.

Bu kishi odamlarning yuragini yumshatib, ulardan muz sotib olishlarini so‘rardi. Chunki u sotadigan muz — vaqt o‘tishi bilan erib ketardi. Agar u muzini tezda sotib ulgurmasa, butun sarmoyasi yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun u bor ovozi bilan: Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qiling!”.

Muzlab qolgan suvning har bir tomchisi sizning tark etgan umr lahzangiz kabidir, u endi hech qachon qaytmaydi.

 

Hayotingizdagi sanoqli kunlardan foydalaning…

Solihlardan biri aytadi: «Men “Asr” surasini yigirma yil o‘qidim, lekin uning ma’nosini tushunmasdim. “Nima uchun Alloh inson tabiatan ziyonda deb aytyapti va buni qasam bilan ta’kidlayapti?” deb o‘ylardim.

Keyin esa Alloh ziyondan najot topganlarni to‘rtta sifat bilan istisno qiladi:

– iymon keltirganlar,

– solih amal qilganlar,

– haqqa da’vat etganlar,

– sabrni tavsiya qilganlar.

Shunda men “Asr” surasidagi qasamning ma’nosini angladim: “Dunyodagi eng katta sarmoya bu – umringiz. Umringizdan o‘tgan har bir lahza erib ketgan muz kabi qaytib kelmaydi. Shuning uchun sarmoyangizni ehtiyot qiling! U siz yashab turgan vaqtdir. Ajal yetishidan avval tiriklik fursatidan foydalaning».

Alloh umrimizni uzun va xotimamizni chiroyli qilsin.

Sarmoyangizni o‘g‘irlayotganlarga e’tibor bering!

Har birimiz sarmoyamiz ya’ni vaqtimizni kim yoki nimalar zoye qilayotganini yaxshi bilamiz.

Allohni zikr qilishdan yoki U Zotga va Rasuliga itoat qilishdan boshqa narsa bilan vaqtni zoye qilmang.

Unutmang, sarmoyangiz — umringiz!

 

Maqsudali domla QOSIMOV,
Xo‘jaobod tumani Yetti chinor jome masjid imom-xatibi.