Sayt test holatida ishlamoqda!
13 May, 2025   |   15 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:36
Xufton
21:04
Bismillah
13 May, 2025, 15 Zulqa`da, 1446

Payg‘ambar (s.a.v) ning taomlanishdagi odoblari

19.07.2016   7227   9 min.
Payg‘ambar (s.a.v) ning taomlanishdagi odoblari
  • Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qovoq, go‘sht va nondan tayyorlangan sho‘rva, holva va asal yoqar edi.
  • Go‘shtlardan esa, jonliqning qo‘lini, biqin va yelka go‘shtini yoqtirar edilar.
  • Ko‘katlarni va qotgan nonni sirka bilan, tarra, tarvuzni xurmo bilan hamda tarrani tuz bilan qo‘shib yeyish ham U zotga xush yoqar edi.
  • Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yegan taomlar orasida yana hays (yog‘, sariyog‘ va pishloq aralashtirib pishiriladigan taom), sariyog‘, pishloq, quritilgan go‘sht, pishirilgan go‘sht, tovuq go‘shti, tuvdoq go‘shti (ov qilinadigan, go‘shti mazali yirik qush), pishgan, quritilgan va xom xurmoning yog‘i, uzum, xabis (sariyog‘, asal va un aralashtirilib, olovda pishiriladigan taom) ham bor edi.
  • U zot sarimsoq va shu kabi xidi aziyat beradigan narsalardan va zobb (sahroli joyda yashaydigan, terisi tikonchali bo‘lgan, ko‘rinishi echkiemarga o‘xshaydigan hayvon) kabi ishtaha tortmaydigan narsalarni yeyishdan chetlanar edilar.
  • Taomni yomonlab, ayblamasdilar. Agar ishtahalari tortsa tanovul qilardilar, bo‘lmasa tark qilar edilar.
  • Sadaqa qilib berilgan narsalarni yemasdilar.
  • Yonboshlab taom yemasdilar.
  • O‘zlarining oldilaridan iste’mol qilar edilar.
  • Yerga o‘tirganlarida yerning ustida tanavvul qilardilar.
  • Taomdan so‘ng, dasturxon olingach: “Alhamdulillahil laziy hamdan kasiyron, toyyiban, mubarokan fiyhi, g‘oyro makfiyyin va la muvadda’in va la mustag‘nan anhu Robbuna” (ma’nosi: Alloh taologa cheksiz, go‘zal hamdlar bo‘lsin. Robbimiz hech kimga muhtoj emas, U Zot duoda doimo eslanar va U Zotdan hech qachon behojat bo‘linmas), deb aytar edilar.
  • Ba’zida: “Alhamdulillahil laziy yut’imu va la yut’am, manna alayna, fahaadana, va at’amana, va saqona. Alhamdulillahillaziy at’ama minat toam, va saqo minash sharob, va kasa minal aro, va hada minaz zolala, va bassoro minal ama” (ma’nosi: (bandalarini) taomlantirib, O‘zi taomlanmaydigan, bizlarga yaxshilik qilib hidoyat yo‘liga boshlagan hamda bizlarni taomlantirib sug‘organ Zot Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Taomdan yedirib, ichimlik ichirgan, libos bilan ziynatlagan, gumrohlikdan to‘g‘ri yo‘lga boshlagan, ko‘rish ne’matini ato etgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin), deb duo qilar edilar.
  • Ba’zan taomdan keyin yana shunday duo qilardilr: “Alhamdulillahil laziy at’amanii haazaa va rozaqoniihi min g‘oyri havlimmin minniy valaa quvvah” (ma’nosi: menga bu taomni in’om qilgan, mening kuchim va qudratimsiz rizqlantirgan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin).
  • U zot sollallohu alayhi vasallamga Madinai munavvara atrofidan ichimlik suvi olib kelinar edi.
  • Rasululloh tingan suvni ixtiyor qilardilar.
  • Gohida u zot sollallohu alayhi vasallam uchun eski, charmli meshlarda suv sovitilar edi.
  • U zot sollallohu alayhi vasallam ichimlikni o‘zlarining yog‘ochdan bo‘lgan, dag‘alroq, chetlariga temir quyilgan qadahlarida ichar edilar.
  • Yana shishadan bo‘lgan qadahlari ham bor edi. Gohida undagi suvdan tahorat olardilar. Ba’zida shishali qadahda yana sut, talqon va asal ham ichar edilar.
  • Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng yoqtirgan ichimliklari sut edi. Uni ichayotganlarida: “Allohumma barik lana fiyhi, va zidna minhu” (Allohim bizlarga unda baraka ber va uni bizlarga ko‘paytirib ber), deb aytardilar. Boshqa bir rivoyatda: “Allohumma barik lana fiyhi va abdilna bihi ma huva xoyr” (Allohim, bizlarga unda baraka ber va undan yaxshisiga alishtirib ber), deb aytar edilar.
  • Ba’zan sutga suvni aralashtirar edilar.
  • Agar biror narsa ichsalar, uch marta tanaffus qilib (ya’ni, nafas olib) ichar edilar va ichib bo‘lganlaridan keyin Alloh taologa hamd aytardilar.
  • Ba’zan har bir nafas olishlarida hamd aytar va oxirida Alloh taologa shukr qilardilar.
  • Ko‘pincha o‘tirib ichar edilar.
  • Oz holatda turib ichganlar.
  • Sahobalariga suv ulashib, oxirida o‘zlari ham ichardilar va: “Qavmning soqiysi (sug‘oruvchisi) oxirida ichadi”, derdilar.
  • Agar sahobalariga suv ichirmoqchi bo‘lsalar o‘ng tarafdagilardan boshlardilar. Bir kun o‘ng taraflariga kichkina bola, chap tomonlariga esa ulug‘ sahobalardan birlari o‘tirib olgan edi. Shu payt bir ichimlik olib kelindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan ichdilar va yosh bolaga: “Bulardan boshlashimga ruxsat berasanmi?”, deb chap tomonlaridagi ulug‘ sahobiyga ishora qildilar. Shunda haligi o‘ng tomonlaridagi bola: “Yo‘q! Sizdan bo‘lgan nasibamga hech kimni afzal ko‘rmayman”, dedi.
  • Payg‘ambar alayhissalom uyqudan oldin ayollari bilan suhbatlashar edilar. Ularga gapirib, gaplariga ham quloq tutar edilar.
  • Uxlashlaridan oldin tahorat olardilar, har bir ko‘zlariga uch martadan surma surar edilar va o‘ng tomonlariga yonboshlab yotardilar. So‘ngra: “Allohumma inniy aslamtu nafsiy ilayka, va vajjahtu vajhiy ilayka, vaalja’tu zohriy ilayka, rohbatan va rog‘batan ilayka, la malja’a valaa manjaa minka illa ilayka, Aamantu bikitaabikallaziy anzalta va binabiyyikallaziy arsalta” (Allohim, albatta men Sendan qo‘rqib, Senga talpinib, O‘zingga jonimni topshirdim. Yuzimni senga qaratdim, belimni Senga topshirdim. (Azobdan) Saqlanadigan boshpana ham, najot topadigan joy ham faqat sendandir. Sen nozil qilgan kitobga, Sen yuborgan payhambarga iymon keltirdim), deb aytardilar. Va yana: “Kimki bu duoni o‘qib, so‘ngra o‘sha kechada vafot etsa, Islom fitratida vafot etibdi”, degan edilar.
  • Agar kechaning o‘rtasida yoki undan biroz oldin yoki keyinroq turib qolsalar, qo‘llari bilan yuzlarini silar edilar va “Oli Imron” surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qirdilar. Keyin turib tahorat olar va namoz o‘qirdilar.
  • Agar uxlasalar faqat ko‘zlari uxlar edi, muborak qalblari uyg‘oq turar edi.
  • U zot qon oldirar va bunga tavsiya qilib: “Sizlar davolanadigan narsaning eng yaxshisi bu qon oldirishdir”, deb aytar edilar.
  • U zot sollallohu alayhi vasallam hina bilan ham davolanar edilar. Agar biror joylarida yara yoki shu kabi yengil jarohat bo‘lsa, o‘sha joyga hina qo‘yishga buyurar edilar.
  • U zot sollallohu alayhi vasallam payshanba va dushanba kuni safarga chiqishni yaxshi ko‘rar edilar. Safarga chiqqanlarida: “Allohumma Antas sohibu fis safar, val xoliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika minal fitnati fis safar, val kaabati fil munqolab. Allohumma iqbiz lanal arzo va havvin alaynas safar” (Allohim, Sen safarda yo‘ldoshsan, ahli-oilada xalifasan. Allohim, Sendan safardagi fitnadan, qaytishdagi g‘amginlikdan panoh berishingni so‘rayman. Allohim, bizlar uchun yerni ushlab tur va bizga safarni yengil qil.), deb aytar edilar.
  • Agar ulovga minsalar: “Subhanalaziy saxxoro lana haza vama kunna lahu muqriniyn” (Bizlarga buni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (barcha aybu nuqsonlardagn) pokdir. Biz bunga qodir emasdik.), deb aytardilar.
  • Biror bir musofir bilan xayrlashmoqchi bo‘lsalar unga: “Astavdi’ulloha diynaka vaamanataka va xovatiyma amalaka, zavvadakallohut taqva va g‘ofaro zanbaka va laqqokal xoyro haysu tavajjahta” (Seni diningni, omonatingni va amalingning xotimasini Allohga omonat qilib topshirdim. Alloh seni taqvoingni ziyoda, gunohlaringni mag‘firat qilsin. Senga qayerda bo‘lsang ham yaxshilikni yo‘liqtirsin), deb aytardilar.
  • Agar tunda biror yerga tushib tunamoqchi bo‘lsalar, o‘sha yerga xitob qilib: “Robbiy va Robbikillah, a’uzu billahi min sharriki va sharri va fiyki va sharri ma dabba alayki, a’uzu billahi min kulli asad, va asvad va hayyatin va aqrab, va min sharri sokinil balad va sharri validiv va ma valad” (Robbim va sening Robbing Allohdir. Allohdan sening yomonligingdan va sendagi narsalarning, sening ustingda o‘rmalab yuruvchi narsalardan panoh berishini so‘rayman. Allohdan barcha sher va qora narsalardan, ilon, chayon va mana shu makonda yashovchilardan va Iblis va uning bolalaridan panoh berishini so‘rayman), deb aytardilar.
  • Ulovlarining ustida nafl namozlarni o‘qir edilar. Biroq farz namozlarni emas. Safardan qaytsalar: “Oyibuna Taibuna li Robbina haamidun” (Qaytuvchilar Robbilariga tavba qiluvchilar, Robbilariga hamd aytuvchilar), deb aytar edilar.
  • Oilalarining oldiga kirganda esa, “Avban, avban, li Robbina tavban, la yug‘odiru alayna havban” (qaytdik, qaytdik, Robbimizga bizlarga gunohni tashlab qo‘ymaydigan tavba bilan qaytdik), deb kirardilar.
  • Safardan faqat kunduzi choshtgoh vaqtida kelar edilar. Kelishlari bilanoq avval masjidga kirib, ikki rakat namoz o‘qir edilar, so‘ngra, sahobalari bilan ko‘rishish uchun o‘tirar edilar.
  • Kechasi uylarini taqillatib kelmasdilar. Faqat ularning kelishlari ma’lum bo‘lsagina, shunday qilar edilar. Kechasi o‘z oilasiga xabar bermasdan kirib borishdan as'hoblarini ham qaytarar edilar. 

 

Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

BARATOV G‘iyosiddin manbalar asosida tayyorladi.

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar

Hojilarni kuzatishda qanday duo qilinadi?

12.05.2025   4472   1 min.
Hojilarni kuzatishda qanday duo qilinadi?

Cafarga chiquvchilarning haqqiga duo qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan sanaladi. U zot alayhissalom:

أَسْتَوْدِعُ اللهَ دِيْنَكَ وَأَمَانَتَكَ وَخَوَاتِيمَ عَمَلِكَ

“Astavdi’ulloha diynaka va amaanataka va xavotiyma amalika”, deb sahobalarni safarga kuzatar edilar.

Ma’nosi: “Diningizni, omonatingizni va amallaringiz xotimasini Allohga topshiraman”.

 

Hojilarni kuzatishda quyidagi duolarni qilish tavsiya etiladi:

1. Allohim, hojilarning safarlarini oson qilgin. Ularni Senga topshirdik.
 

2. Allohim, hojilarni safarlari davomida har qanday balo va yomonliklardan asragin hamda oilalari bag‘riga sog‘-salomat qaytargin.
 

3. Allohim, hojilarning duo, ibodatlarini va qalblaridagi barcha shar’iy niyat hamda maqsadlarini ijobat etgin. Gunohlarini mag‘firat, tavbalarini qabul qilgin.
 

4. Allohim, hojilarning ibodatlarini O‘zing uchun xolis qilingan amallar qatorida qabul aylagin.
 

Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!


Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohlaringiz mag‘fur bo‘lsin!

Davron NURMUHAMMAD