Sayt test holatida ishlamoqda!
16 May, 2025   |   18 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:28
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:25
Shom
19:39
Xufton
21:08
Bismillah
16 May, 2025, 18 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI

25.07.2024   4083   1 min.
MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov va Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev Marg‘ilon shahrida aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. 

Zayniddin domla diniy-ma’rifiy sohadagi yangiliklardan boxabar etish barobarida Haq taolo bergan ne’matlar shukrini ado etish, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lish, ilm-ma’rifat va kasb-hunar o‘rganishga haris bo‘lish singari mavzularda mav’iza qilib berdi. Shuningdek, suhbatda dinimizni ishonchli ustoz va sahih manbalardan o‘rganish, har ishda mo‘tadil bo‘lish lozimligi borasida so‘zlab, gunoh ish va jaholatdan saqlanish, xayrli amallarda bardavom bo‘lishga chaqirdi. 

Ishtirokchilar yakunda ulamolarga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI MARG‘ILON AHLI BILAN FAYZLI SUHBAT QILINDI
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Barcha mo‘minlar haqqiga duo

14.05.2025   2807   1 min.
Barcha mo‘minlar haqqiga duo

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kimki mo‘min va mo‘minalar haqqiga istig‘for aytsa, Alloh unga har bir mo‘min va mo‘mina hisobida bittadan yaxshilik yozadi", deganlar.

Sharh: Agar biror (tanigan va tanimagan) mo‘min-mo‘minaning haqqiga istig‘for aytsangiz, Alloh taolo buning evaziga o‘sha mo‘min va mo‘mina nomidan sizga yaxshilik (savob) yozadi. 

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo‘minlarni hisob qilinadigan kuni mag‘firat aylagin" (Ibrohim surasi, 41-oyat).

Allohim Odam alayhissalomdan to Qiyomatga qadar keladigan jamiki mo‘min-musulmonlarning gunohlarini mag‘firat etgin.