frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Namangan viloyatiga yangi bosh otinoyi tayinlandi

31.07.2024   10287   1 min.
Namangan viloyatiga yangi bosh otinoyi tayinlandi

Shu yil 30 iyul kuni Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshed Xatamov va Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov  boshchiliklarida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblar hamda bosh otinoyilar, vakillik xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Xodiyaxon  Rahmonova o‘z arizasiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi (viloyat bosh otinoyisi) vazifasidan ozod etildi.

Namangan viloyat bosh otinoyisi  vazifasiga bugungi kunga qadar Chortoq tumani bosh otinoyisi vazifasida xizmat qilib kelayotgan Ashuraxon Xo‘jayeva  tayinlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

 Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Namangan viloyatiga yangi bosh otinoyi tayinlandi Namangan viloyatiga yangi bosh otinoyi tayinlandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   1498   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari