Telefondan uzoq vaqt davomida foydalanish bolaning ruhiy holati va ijtimoiy moslashishida ham muammolarga olib keladi.
Ta'kidlash joiz, bolalarning ijtimoiylashuvi tug'ilgandan boshlab to o'smirlik paytigacha davom etadi. Bunda, ayniqsa, maktabgacha va maktab davri muhim rol' o'ynaydi. Sababi, ushbu davrda bola boshqalar bilan muloqot qilishni, jamiyatda o'zini qanday tutishni, odob-axloq normalarini o'rganadi, aqliy rivojlanadi, unda ijtimoiy ko'nikmalar shakllanadi.
Gadjetlar esa atrof-muhitni endi idrok etayotgan bolaning to'laqonli ijtimoiylashuviga to'sqinlik qiladi. Telefon “ichiga kirib ketib”, tashqi dunyodan uzilib qolish tufayli unda keyinchalik boshqalar bilan kommunikatsiya qilishda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Maktabgacha ijtimoilashuv, eng avvalo, oilada boshlanadi. Shuning uchun ushbu davrda ota-onalar farzandlari bilan ko'proq vaqt o'tkazishi, birga turli to'garaklarga borishi, jamoaviy o'yinlarda qatnashishi, ularda sportga qiziqish, kitob o'qishga muhabbat hissini uyg'otishi muhim. Eng asosiysi, ota-onalar o'zlari gadjetlardan imkon qadar kamroq foydalanib, farzandlariga namuna bo'lishi kerak.
To'g'ri, bolalarni telefondan mutlaqo ayirib qo'yish ham noto'g'ri. Chunki ularning zarari bilan bir qatorda foydali tomonlari ham ko'p, albatta. Zamonaviy gadjetlar taqdim eta oladigan imkoniyatlar bolalarga yangi bilim olishga yordam beradi, ularga o'qish jarayonida as qotadi.
Muhimi, ularning salomatligiga putur etishi va yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishining oldini olish uchun bolalar telefonlardan qancha vaqt va nima maqsadda foydalanayotganini nazorat qilish zarur.
Cog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati
Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan.
Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.
Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati