Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2025   |   13 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2025, 13 Rajab, 1446

Diniy idora delegatsiyasi Saudiyadagi IX xalqaro anjumanda qatnashmoqda

5.08.2024   3981   1 min.
Diniy idora delegatsiyasi Saudiyadagi IX xalqaro anjumanda qatnashmoqda

    Shu yil 4 avgust kuni Saudiya Arabistonining Makka shahrida dunyoning 60 ta davlati vakillari ishtirokida Islom olami davlatlarining Islom ishlari va vaqflari vazirlarining “Mo‘tadillik tamoyillarini targ‘ib qilish va qadriyatlarni mustahkamlashda Islom ishlari va vaqflarining o‘rni” mavzusidagi IX xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi sifatida  O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Isoxon domla Abdullayev ishtirok etmoqda.

    Islom ishlari va vaqflar vazirlarining joriy IX xalqaro konferensiyasi Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va hidoyat vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.

    Anjumanning ko‘plab sessiyalari mavzulari umuminsoniy qadriyatlar va birgalikda yashash qadriyatlari, islom va musulmonlarga nisbatan nafratning namoyon bo‘lishi muammosi, ekstremizm, radikalizm va terrorizm ko‘rinishlariga qarshi kurashga oid  fatvolar berish va musulmon ulamolari malakasini oshirishdan iborat.    

    Barcha munozaralarning markaziy mavzusi diniy nutqni zamon talablariga mos ravishda yangilash, jumladan, fatvo berish jarayonida zamonaviy axborot vositalari va madaniy globallashuv sharoitida islomiy o‘zlikni anglashdan iborat. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy idora delegatsiyasi Saudiyadagi IX xalqaro anjumanda qatnashmoqda
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bizdan faqat yaxshilik qoladi

13.01.2025   1498   1 min.
Bizdan faqat yaxshilik qoladi

Vafot etishingiz bilan dastlab nomingiz odamlar yodidan ko‘tariladi. G‘assol kelsa: “Mayit qayerda” – deydi. Mansabingizni ham, nasabingizni ham va hatto ismingizni ham so‘ramaydi. Janozangizni o‘qishdan oldin Imom: “Marhumning yoshi nechchida edi?” – deydi. Mansabingiz ham, nasabingiz ham va hatto nomingiz ham zikr qilinmaydi. Keyin: “Tobutni ko‘taringlar!” – deyiladi. Bunda ham na mansabingiz, na nasabingiz va na nomingiz eslanadi. Hayotda tez unutilasiz, shunchaki xotiraga aylanasiz. Esingizdan chiqarmang, hamma narsa o‘tkinchi sizdan faqat yaxshilik qoladi xalos..!

Xulosa shuki, bugun sizu bizga ALLOH tomonidan umr berildi. Bugun yangi tong otdi. Siz uyg‘ondingiz, buning uchun ALLOHga hamd aytishni unutmang. Dunyoning qaysidir burchagida qanchadan-qancha odam bugun uyg‘onmadi. 

Avvalo, yoningizda bo‘lishsa, ota-onangizning hollaridan xabar oling, yoningizda bo‘lishmasa telefon orqali avhol so‘rang. Har kuni ko‘chaga chiqishingizdan avval ALLOH nomini zikr qiling, hamd aytib, ota-onangizni duolarini oling. ALLOH kasbingizga molingizga rizqingizga, albatta, baraka beradi, inshaalloh. Agar bu olamdan o‘tgan bo‘lsalar haqlariga ko‘p-ko‘p duolar qiling. Shunda ham ularning haqlarini ado eta olmaysiz. 

ALLOH bergan va berayotgan barcha ne’matlarni qadriga yetaylik! 

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar