Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI

07.08.2024   12422   2 min.
O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki Muqaddas masjid xodimi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud tashabbusi bilan Islom ishlari, da’vat va hidoyat vazirligi - Islom olamidagi vaqflar va islom ishlari bo‘yicha vazirlarning IX xalqaro konferensiyasi joriy yilning 3-5 avgust kunlari Makka shahrida o‘tkazildi. “Mo‘tadillik tamoyillari va qadriyatlarini targ‘ib qilish hamda mustahkamlashda Islom ishlari va vaqf vazirliklarining o‘rni” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada 250 ga yaqin din arboblaridan iborat islom olamining  62 davlatidan taniqli muftiylar, Vaqf ishlari vazirlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. 

Mazkur nufuzli konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori professor Muhammadolim Muammadsiddiqov ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida O‘MI tasarrufidagi Vaqf xayriya jamoat fondi raisi Isoxon Abdullayev ham anjumanda qatnashdi.

Xalqaro konferensiyaning ochilishida Saudiya islom ishlari Vaziri Shayx, doktor Abdullatif bin Abdulaziz Ol Shayx barcha ishtirokchilarni mazkur konferensiyada ko‘rib turgani bilan samimiy qutlab, konferensiyani yuqori savida o‘tishida va barcha ishtirokchilarni yanada faol bo‘lishga chaqirdi.

U o‘z nutqi davomida vazirlik hozirda dunyoning turli mamlakatlaridagi Islom ishlari vazirliklari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun jadal harakatlarni amalga oshirayotganini ta’kidlab, bu sa’y-harakatlar ortida islomiy ishlarni o‘zaro rivojlantirish, xalqaro aloqa va hamkorlikni mustahkamlash, bag‘rikenglikni targ‘ib qilish, dunyo bo‘ylab islomni to‘g‘ri tushunishni targ‘ib qilish, Qur’on va sunnatni hurmat qilish va terrorizmga qarshi kurashishni maqsad qilganini aytib o‘tdi. 

Vazirning ma’ruzasida Quddus va Falastin masalasi, islomiy da’vat bilan bog‘liq masalalar, masjidlarga hurmat ko‘rsatish va islomiy millat hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa masalalar shuningdek, imom-xatiblarni tayinlash bo‘yicha tajriba almashish, ularga yuklangan dasturlar va mas’uliyatlar muhokama qilinishi ta’kidlandi. 

5 avgust kuni konferensiyaning yalpi majlisida M.Muhammadsiddiqov “O‘zbekistonda yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan e’tibor” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, konferensiyada islom ummatini turli guruhlarga bo‘lish, qon to‘kish, mol-mulkka tajovuz qilish va mazhabsizlikni targ‘ib qilish kabi har qanday harakatlardan musulmonlarni ogohlantirish zarurligi qayd etildi. 
Jamiyatlarda ma’naviy-axloqiy va oilaviy qadriyatlarni muhofaza qilish, yot ijtimoiy tushunchalar yoki oilaning boshqacha shakllarini, nikohdan tashqari jinsiy munosabatlarni o‘rnatishga bo‘lgan urinishlarni oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

Konferensiyada Islom va musulmonlarga qarshi nafrat uyg‘otishga qarshi turish, islomning imijini buzish va diniy yoki irqiy asosda zo‘ravonlikka undashga qarshi kurash bo‘yicha madaniy dasturlar ishlab chiqish belgilab qo‘yildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining «Islomofobiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi rezolyutsiyasini qabul qilish choralari muhokama qilindi. Anjumanda sakkizta eng muhim tavsiyalar e’lon qilindi.

TII Matbuot xizmati

O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI O‘ZBЕKISTON MUSULMONLARI IDORASI RAISI O‘RINBOSARI MAKKA SHAHRIDAGI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA ISHTIROK ETDI
Boshqa maqolalar

Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

21.07.2025   2442   1 min.
Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

Savol: O‘qilgan namozimdan ko‘nglim to‘lmadi. Shu namozni qayta o‘qishim kerakmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu masalaning biroz tafsiloti bo‘lib, unga ko‘ra namoz quyidagi holatlarda qayta o‘qilishi lozim:
•  Namozda biror farz amal bajarilmay qolib ketgan bo‘lsa;
•  Namozda biror vojib amal qasddan bajarilmay qolib ketsa;
•  Namozda biror vojib amal unutib bajarilmasa va namoz oxirida sajdai sahv ham qilinmay tugatilgan bo‘lsa.

Agar namozda sunnat amallar tark qilingan bo‘lsa yoki namoz makruhlik bilan o‘qilgan bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qish vojib emas, balki mustahab  (chiroyli sanalgan) ish hisoblanadi. Ushbu holatda qaytadan o‘qimasa ham gunohkor sanalmaydi.
Savolda so‘ralgan holatga kelsak, ko‘ngil to‘lmasligi yuqorida sanab o‘tilgan farz yoki vojib amal tark qilingan holatlar sababli bo‘lsa, namoz qayta o‘qilishi kerak. Ammo haqiqatda sobit bo‘lmagan shubha-gumonlar, vasvasalar sababli ko‘ngil to‘lmayotgandek bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qilmaydi. Chunki ko‘p hollarda “ko‘nglim to‘lmayapti”, deb namozni qayta-qayta o‘qiyverish insonni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va vasvasa kasaliga chalinishiga olib keladi.

Shunday ekan, namozda bajariladigan farz, vojib, sunnat amallar haqida yaxshi o‘rganish, eng asosiysi turli xayollarga chalg‘imasdan namozni e’tibor bilan ado etish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.