Shotlandiya sog'liqni saqlash vaziri Hamza Yusaf Shotlandiya Milliy partiyasining (SNP) yangi rahbari etib e'lon qilindi. Bu esa uni to'laqonli ravishda mamlakat hukumati raisi sifatida ish boshlashi mumkinligini anglatadi.
Buni Shotlandiya Milliy partiyasi (SNP) milliy kotibi Lorna Finn partiya a'zolari o'rtasida ikki haftalik ovoz berish natijalarini sarhisob qilganidan so'ng bu haqda ma'lum qildi.
Ma'lumotda qayd etilishicha, Yusaf ovoz berishning ikkinchi bosqichida 26 mingdan sal ko'proq partiya a'zosi (ovozda qatnashganlarning 52,1 foizi) qo'llab-quvvatlagan holda boshqa nomzodlar orasida g'alaba qozongan. Ikkinchi o'rinni mahalliy Moliya vazirligi rahbari Keyt Forbs (23,9 ming ovoz yoki 47,9 foiz) egalladi. Uchinchi nomzod, jamiyat xavfsizligi bo'yicha sobiq vazir Ash Regan atigi 5,6 ming kishi tomonidan qo'llab-quvvatlanib, ikkinchi saralash turiga chiqa olmadi.
Saylovda faqat Shotlandiya parlamentining Shotlandiya Milliy partiyasi (SNP) a'zolari ishtirok etishlari mumkin edi. Ovoz berishda partiya a'zosidan jami 72 ming nafardan 50,5 ming nafari ishtirok etdi.
O'MI Matbuot xizmati
Vafot etganingizdan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilasizmi? Bir necha soat o‘tib, siz uchun yig‘layotgan odamlarning yig‘isi to‘xtaydi. Yaqin qarindoshlaringiz ham hayot tashvishlariga ovunadi.
Ko‘p o‘tmay, rahbaringiz o‘rningizga boshqa xodim topadi. Yaqinlaringiz, farzandlaringiz ishga, tirikchilik tashvishiga tushib ketadi.
Bir oy o‘tgandan so‘ng turmush o‘rtog‘ingiz ham sizni kamroq eslay boshlaydi. Ha, odam o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra tezroq unutiladi.
Modomiki, odamlar sizni shunchalar tez esdan chiqarar ekan, bu o‘lchovli umringizni kim yoki nima uchun sarflamoqdasiz? Bir umr “Odamlar nima derkin?” deb yashab o‘tmayapsizmi? Yashashdan maqsadingiz nima o‘zi?
Bir lahza tin olib, shular haqda o‘ylab ko‘ring. Bu olamga keltirilish sababingiz haqida mulohaza yuriting. Yaqinlaringizni hayotlik chog‘ida qadrlangki, vaqti yetganda qadr topasiz. Alloh taolo O‘zi rozi bo‘ladigan hammamizga mazmunli hayot, xayrli oqibat nasib etsin!
Akbarshoh Rasulov