Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Dekabr, 2024   |   27 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:48
Peshin
12:30
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:24
Bismillah
28 Dekabr, 2024, 27 Jumadul soni, 1446
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni davom etmoqda

13.08.2024   14742   1 min.
Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni davom etmoqda

Bugun, 13 avgust kuni Namangan shahrida joylashgan “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi kirish imtihoni boshlandi. Mazkur madrasa O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2024–2025 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladigan beshinchi hudud sanaladi. 

Erta tongdan 2261 nafar abituriyent test sinovlarini topshirish uchun  mazkur dargohga yetib keldi. Ular bilan birga kelgan ota-ona va yaqinlari uchun alohida salqin joy va zarur sharoitlar tayyorlangan.     

Mazkur tadbir Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Diniy idora Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Elyor Alimqulov, Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov, “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri Qobiljon Mirzabayev hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.  

Uchrashuvda mutasaddi vakillar yurtimizda diniy ta’lim sohasida bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlar, xususan, kuni kecha Termiz islom instituti ochilgani, Toshkent islom institutida esa magistratura yo‘nalishi faoliyat boshlagani haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, abituriyentlarga imtihon topshirish tartib-qoidalarini tushuntirishdi.  

Imtihon jarayoni adolatli o‘tishi uchun soha mutaxassislari bilan bir qatorda turli tashkilot vakillari jalb etilgan.  

Alloh taolo imtihonlarning barcha abituriyentlarga manfaatli bo‘lishini nasib aylasin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni davom etmoqda
Boshqa maqolalar

Dam olish kunlaringizni qanday o‘tkazasiz?

27.12.2024   10757   3 min.
Dam olish kunlaringizni qanday o‘tkazasiz?

1. Diniy ibodatlarni bajarish

1.1. Namozlarni o‘z vaqtida o‘qish. Ibodatlar ichida eng afzali – vaqtida o‘qilgan farz namozi sanaladi.

1.2. Ro‘za tutish. Qazo va nafl ro‘zalarni tutish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qish kunidagi ro‘za qiyinchiliksiz topiladigan g‘animat (o‘lja)dir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

1.3. Qur’on o‘qish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ummatimning eng afzal ibodati Qur’onga qarab tilovat qilishdir”, deganlar. Qur’onni yoddan o‘qishdan ko‘ra, unga qarab o‘qish afzaldir. Chunki Qur’onga qarash ham ibodatdir.

1.4. Tahajjud namozlarini o‘qish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

1.5. Duo va zikrni ko‘paytirish. “...Allohni ko‘p zikr qiling. Shoyadki, zafar topsangiz” (Juma surasi, 10-oyat).

 

2. Oilaga yaxshilik qilish

2.1. Ota-onaga yaxshilik qilish. O‘z vaqtida o‘qilgan farz namozdan keyin eng afzal amal bu – ota-ona xizmatida bo‘lish sanaladi. Zero, “Robbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi” (Isro surasi, 23‑oyat).

2.2. Farzand va ahli ayolga xursandchilik ulashish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Sizlarning yaxshilaringiz o‘z ahliga yaxshi muomala qilganingizdir. Men o‘z ahliga yaxshi muomala qiluvchirog‘ingizman”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

 

3. Ilm olish, kitob o‘qish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilm talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir”, deganlar.

 

4. Tafakkurga vaqt ajratish

Hasan rahmatullohi alayh aytadilar: “Bir soat tafakkur qilish bir kechani bedor o‘tkazishdan yaxshidir”.

 

5. Muhtojlarga yordam berish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir mo‘minning bitta dunyoviy tashvishini aritsa, Alloh taolo uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim qiynalgan kishiga yengillik keltirsa, Alloh taolo unga dunyoyu Oxiratda yengillik beradi” (Imom Muslim rivoyati).

 

6. Silai rahm qilish

Dam olish kunlari qavm-qarindoshlar holidan hech bo‘lmasa telefon orqali bo‘lsada xabar olish uchun qulay fursat. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimni rizqi keng, umri uzoq bo‘lish xursand etsa, silai rahm qilsin (qarindoshlik rishtalarini mustahkamlasin) (Imom Buxoriy, imom Termiziy rivoyati).

 

7. Sport bilan shug‘ullanish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kuchli mo‘min Alloh huzurida kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va mahbubroqdir”, deganlar.

 

8. Do‘st va yaqinlar holidan xabar olish

Hazrat Ali roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni: “Qaysiki musulmon boshqa bir musulmonni ertalab ziyorat qilsa, to kech kirgunicha unga yetmish ming farishta salavot aytadi. Agar kech kirganida ziyorat qilsa, to tong otgunicha yetmish ming farishta unga salavot aytadi. Unga jannatda bir bog‘ bo‘ladi”, deb aytganlarini eshitdim (Imom Termiziy rivoyati).


Dam olish kunlaringiz xayrli va barakali o‘tsin!

Davron NURMUHAMMAD