Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2025   |   20 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2025, 20 Rajab, 1446

Komil mo‘min fazilatlari bilan ziynatlanaylik!

15.08.2024   3267   1 min.
Komil mo‘min fazilatlari bilan ziynatlanaylik!

Ayni kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh ulamolar Respublikamiz bo‘ylab xalqimiz vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yuzma-yuz muloqotlar va jonli savol-javoblar o‘tkazmoqdalar. 

Shu yil 14-15 avgust kunlari Muftiy hazratlari Toshkent shahar Olmazor tumanidagi aholi vakillari bilan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazdilar. 

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yig‘ilganlarga yurtimizda diniy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, yangi ochilgan masjid-madrasalar, Qur’oni karim kurslari, haj-umra safarlaridagi qulayliklarni so‘zlash barobarida tinchlik-hamjihatlikning qadriga yetish, qarindoshlik aloqalarini mustahkamlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor berish, ota-onaga xizmat qilish, birovning haqqidan qo‘rqish, amallarga riyo aralashtirmasdan xolis Alloh uchun qilish fazilati haqida ma’ruza qilib berdilar. 

Muftiy hazratlari Islom mohiyatini to‘g‘ri anglash, kishilar musulmon ummati sifatlariga munosib bo‘lishi, hadisi shariflarda bayon etilgan komil mo‘min fazilatlari bilan ziynatlanishi, har ishda mo‘tadillik, odamlar orasida salomni keng yoyish kabi dinimizning ezgu ta’limotlariga amal qilishga chaqirdilar. 

Mazkur ma’rifiy uchrashuv va to‘g‘ridan to‘g‘ri savol-javoblardan aholi o‘z minnatdorliklarini izhor etdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Komil mo‘min fazilatlari bilan ziynatlanaylik! Komil mo‘min fazilatlari bilan ziynatlanaylik! Komil mo‘min fazilatlari bilan ziynatlanaylik! Komil mo‘min fazilatlari bilan ziynatlanaylik! Komil mo‘min fazilatlari bilan ziynatlanaylik!
Boshqa maqolalar

Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

17.01.2025   5689   1 min.
Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

Cavol: Namoz o‘qiyotganimda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi. Namozim nima bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Fiqhiy qoidalarga ko‘ra namozda berkilishi shart bo‘lgan a’zolardan birining to‘rtdan bir va undan ko‘p qismi uch tasbeh (Subhanalloh) aytish muddaticha ochiq tursa, namoz buziladi. Agar uch tasbeh aytish muddatiga yetmasdan, bir qo‘lda yengil harakat bilan yopib olsa, namoz buzilmaydi. Sizdagi holat ham mana shu hukmga tushadi. Bu holatda ro‘molning o‘zi tushib ketishi yoki kimningdir tushirib yuborishi o‘rtasida farq yo‘q (“Muxtasar fil fiqhil hanafiy”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.