Sayt test holatida ishlamoqda!
05 May, 2025   |   7 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:15
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:28
Xufton
20:52
Bismillah
05 May, 2025, 7 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Misr yangi muftiysini tabrikladilar

19.08.2024   3349   1 min.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Misr yangi muftiysini tabrikladilar

Misr Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib tavsiyasiga asosan mamlakat prezidenti Abdulfattoh as-Sisi farmoni bilan al-Azhar majmuasi huzuridagi Islom tadqiqotlari akademiyasi Bosh kotibi Nazir Muhammad Ayyod Misr muftiysi etib tayinlandi. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari yangi muftiyga qutlov yo‘lladilar. Unda Nazir Muhammad Ayyodni Misr muftiysi va Fatvo uyi (“Dorul ifto”) rahbari etib tayinlangani bilan qutlash barobarida ikki tomonlama hamkorlik yanada rivoj topishiga ishonch biridirildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Nazir Muhammad Ayyod 1972 yilda Qohira shahrida tug‘ilgan. U al-Azhar universitetida Usul ad-din, Aqida va falsafa yo‘nalishlarida 1995 yilda bakalavr, 2000 yilda magistr darajalarini qo‘lga kiritgan. 2003 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2016 yilda professor unvonini olgan. 

Mehnat faoliyati davomida Islom va arabshunoslik kolleji o‘qituvchisi, dekan o‘rinbosari va al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi Bosh kotibi vazifalarida mehnat qilgan. U al-Azhar bitiruvchilari xalqaro tashkiloti, al-Azhar ilmiy tadqiqot xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi   kabi uyushmalar a’zosi va ko‘plab mukofotlar sohibi hisoblanadi. Shuningdek, o‘nlab ilmiy maqolalar va kitoblar muallifidir.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Boshqa maqolalar
Videolar

Juma salomi: Safar odobi (105-son)

02.05.2025   3255   1 min.

No‘monxon Yahyoxon,
Toshkent islom instituti talabasi.

Videolavhalar