Mamalakatimizda 2023 yil davomida tug'ilgan bolalarga qo'yilgan eng ko'p ismlar top 10 taligi e'lon qilindi. Unda o'g'il bolalarga eng ko'p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo'yilgan. Bu haqda Adliya vazirligi ma'lum qildi.
O'tgan yilda tug'ilgan 27 431 nafar o'g'il bolaga Muhammadali ismi qo'yilgan. Shuningdek, Mustafo (22 880), Abdulloh (18 116), Muhammad (17 025), Muhammadyusuf (13 774), Muhammadamin (12 450), Nurmuhammad (9 017), Muhammadjon (8 843), Imronbek (8 591) va Muhammadziyo (8 135) ismlari ketma-ketlik bo'yicha 10 talikdan joy olgan.
Qizlarga esa 2023 yilda eng ko'p Soliha ismi qo'yilgan (24 365) bo'lsa, keyingi qatorlardan Yasmina (19 911), Muslima (15 918), Hadicha (10 759), Imona (10 310), Shukrona (9330), Sumayya (9279), Ifora (7586), Sa'diya (6639) va Mubina (6558) ismlari o'rin olgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati