Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2025   |   13 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2025, 13 Rajab, 1446
Yangiliklar

“Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi

19.08.2024   4195   3 min.
“Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi

Obuna –2025

O‘zbekiston musulmonlari idorasi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi.

Shu yilning 15–17 avgust kunlari nashriyot Davriy nashrlar tahririyati bo‘limi mudiri T.Nizomov, Marketing va innovatsiya bo‘limi mudiri A.Yusupov, muharrir B.Muhammadiyev Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida xizmat safarida bo‘lib, imom-xatiblar bilan suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Yig‘ilishda mazkur nashrlarga 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlangani, mo‘min-musulmonlarning ma’rifatini yanada yuksaltirish, ularga muqaddas dinimizning sof ta’limotini yetkazishda «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasi qimmatli nashrlar ekani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Xayrli, savob ishlarning turi ko‘p. Har birining ixlos va samimiyatga qarab ajri bor, savobi bor. Illo, ma’rifat ulashishning, mo‘min-musulmonlarning xonadonlariga ziyo kiritishning savobi juda katta.

Tahlillarga ko‘ra, bir dona bosma nashrni bir kishidan o‘n kishigacha mutolaa qilar ekan. Misol uchun, birgina “Hidoyat” jurnali bugungi kunda 86 ming nusxada chop etilayotgan bo‘lsa, demak, 860 ming kishi o‘qiydi degani. Bu yaxshi, albatta. Biroq aholisining 95 foizdan ortig‘ini musulmonlar tashkil qiladigan yurtimizda mazkur nashrning adadi yanada ko‘paysa, maqsadga muvofiq bo‘ladi, inshoalloh.

Buning uchun esa obuna mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, targ‘ibot tadbirlarini ko‘proq olib borish zarur. Zero, hadisi sharifda: «Yaxshilikka dalolat qiluvchi kishi xuddi yaxshilik qiluvchi kabidir» (Imom Termiziy rivoyati), deyilgan.

Aslida obunaga targ‘ib qilish ham amri ma’ruf (yaxshilikka chaqirish) va nahyi munkar (yomonlikdan qaytarish)dir. Alloh taolo Oli Imron surasining 104-oyatida: «Sizlardan yaxshilikka da’vat etadigan, amri ma’ruf va nahyi munkar ishlarini olib boradigan (bir) ummat bo‘lsin! Aynan ular (oxiratda) najot topuvchilardir», deb marhamat qilgan.

Vodiy viloyatlarida «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2024 yil uchun obuna mavsumida faollik ko‘rsatgan, mazkur nashrlarga eng ko‘p obuna bo‘lgan masjidlar imomlari va tumanlar bosh imom-xatiblari sovg‘alar bilan taqdirlandi.

– Kamtarona xizmatimiz e’tirof etilib, mukofot bilan taqdirlanganimiz uchun Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin, – deydi Bag‘dod tumani «Zayd ibn Sobit» jome masjidi imom-xatibi Sohibjon domla Ahmedov. – Inshoalloh, kelgusi yil uchun ham obunani uyushqoqlik bilan tashkil etamiz. Har juma davriy nashrlarga obuna targ‘ibotini kuchaytiramiz. Bu jarayonda barchamiz jonbozlik ko‘rsatamiz.

Yig‘ilishlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasi har bir imomning, imom noibining hamda otinoyining badiiy minbari ekani ta’kidlandi. Shu bois diniy soha xodimlaridan turli mavzularda materiallar jo‘natishlari iltimos qilindi. 

Tadbirlar so‘ngida xayrli duolar qilinib, 2025 yil obunasi har yilgidan ko‘ra natijadorroq, samaraliroq bo‘lishi Yaratgandan so‘raldi.

* * *

«Tafsir» rukni ostida Kalomulloh oyatlari ma’nolarini o‘qib-uqishni, «Hadis sharhi» orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak nasihatlaridan bahramand bo‘lishni, «Sahobalar hayoti”ni mutolaa qilib saodat asriga sayohat qilishni, «Masala» ruknida dolzarb va muhim savol-javoblarni o‘rganishni, «Aslida qanaqa? » ruknida har bir voqea-hodisaning asl mohiyatini bilishni, yana boshqa ko‘plab mavzularda eng ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishni istasangiz, «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga obuna bo‘lishga shoshiling!

 

 

“Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan amaliy tadbir (videolavha)

10.01.2025   5655   1 min.

 

Videolavhalar