Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Ulug‘ bayram arafasida otinoyilar ma’rifiy tadbir o‘tkazdi

22.08.2024   7168   1 min.
Ulug‘ bayram arafasida otinoyilar ma’rifiy tadbir o‘tkazdi

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar ishtirokida “Milliyligim aks etgan o‘zligim” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda otinoyilar “Mustaqillik ulug‘ tuhfa”,  "O‘zligimiz aks etgan libos", “Ajdodlar merosi” kabi mavzularda chiqishlar qilishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Buxoro viloyat hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok  etdi. 

O‘MI Buxoro viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati 

Ulug‘ bayram arafasida otinoyilar ma’rifiy tadbir o‘tkazdi Ulug‘ bayram arafasida otinoyilar ma’rifiy tadbir o‘tkazdi Ulug‘ bayram arafasida otinoyilar ma’rifiy tadbir o‘tkazdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi

16.05.2025   3166   1 min.
Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi va Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi “Mudarris xalqaro maktab”ida poytaxtimizda joylashgan “Minor” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfutdinov ishtirokida “Kengmakon” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq va ilm egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy poklik yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Shuningdek, oiladagi tarbiyaning kuchi, ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi
O'zbekiston yangiliklari