Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446
Yangiliklar

Diniy-ma’rifiy suhbat yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi

22.08.2024   7248   1 min.
Diniy-ma’rifiy suhbat yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi

Shu kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Diniy idora mutasaddilari hamda yetuk ulamolarimiz ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida turli davra suhbatlari tashkil etilmoqda. 

Ana shunday diniy-ma’rifiy suhbat poytaxtimizning Olmazor tumani “Joziba” to‘yxonasida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov tuman aholisi vakillari, yoshlar va xotin-qizlarga bugungi kunimiz uchun dolzarb bo‘lib turgan bir qator mavzularda mav’iza qilib berdi.   

Uchrashuvda Zayniddin domla yig‘ilganlarga ibodatda ko‘r-ko‘rona taqlidning salbiy jihatlari, yoshlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni ilm olishga qiziqtirish muhimligi haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, farzandlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, ularni qadriyatlarimizga  mos ravishda sog‘lom e’tiqodda tarbiyalashda ota-onalarning o‘rni xususida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy-ma’rifiy suhbat yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi Diniy-ma’rifiy suhbat yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qilmishlari sababli musibatlar yetar

10.01.2025   1568   1 min.
Qilmishlari sababli musibatlar yetar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).

Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».

Ya’ni, Allohning va’dasi  - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.

«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».

Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar. 

«Tafsiri Hilol» kitobidan

Maqolalar