O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq (https://president.uz/uz/lists/view/7490) diniy-ma’rifiy sohada faol xizmat qilib kelayotgan quyidagi xodimlar “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi:
- Kambarov A'zam Maxamadali o‘g‘li - Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi;
- Marupov Ilhom Islomovich - Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi;
- Melikuziyev Djaxangir Valijanovich - Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
- Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich - Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Din ishlari bo’yicha qo’mita jamoasi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarni samimiy qutlaydi! Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va istiqboli yo‘lidagi beminnat, shijoatli, mas'uliyatni his qilgan holda amalga oshirayotgan barcha ishlariga zafarlar, bundan-da yuksak natija, samara va muvafqaqiyatlarga erishishlarini tilaydi!
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Axborot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir kishi imom Vakiy’ ibn Jarroh rahimahullohni so‘kdi. U zot javob qaytarmadilar. Odamlar: “Unga javob qaytarmaysizmi?” deyishdi. Shunda u zot: “Unda ilm olganimiz qayerda qoladi?!” dedilar.
Agar sizga biror aqlsiz kimsa gap qotsa, unga javob qaytarmang. Ilmingiz hurmatidan, ilmdan olgan tarbiyangiz sababidan odob saqlang.
Imom Shofe’iy rahimahulloh aytadilar: “Aqli past kimsa menga nihoyatda qabih so‘zlar bilan gapirsa, unga javob qaytarishni o‘zimga ep ko‘rmayman. Uning safohati ortgan sari, mening halimligim ortadi. Go‘yo cho‘g‘ isiriqni kuydirgan sari, uning hushbo‘yi ko‘prok taralgandek”.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV