frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ramazonni qanday o'tkazishim kerak ?

29.03.2023   8875   1 min.
Ramazonni qanday o'tkazishim kerak ?
  1. Saharlik qilishdan avval tahajjud namozini o'qib oling.
  2. Turli chalg'ituvchi narsalar: telefondagi bekorchi o'yinlar, televizordagi keraksiz seriallardan uzoq bo'ling.
  3. Internetda befoyda o'tirishdan tiyiling.
  4. Nafl ibodatlarni ko'paytiring.
  5. Har kuni imkoniyatingiz boricha sadaqa va ehson berishga odatlaning.
  6. Qur'ondan kunlik vazifalaringizni ko'paytirib boring.
  7. Allohni ko'p zikr qilish bilan mashg'ul bo'ling.
  8. Ko'proq duo qiling.
  9. Imkon qadar muhtojlarga yordam qo'lini cho'zing.
  10. Qavm-qarindoshlarga silai-rahm qiling.
  11. Ota-onangizga yaxshilik qiling.
  12. Qazo namozlaringizni o'qing.

 

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Odob - ilmdan ustun

01.07.2026   3782   1 min.
Odob - ilmdan ustun

Sufyoni Savriy rahmatullohi alayhining birodari vafot etganida bir qancha kishi ta’ziya bildirish uchun keldi. 

Imom A’zam rahmatullohi alayhi ham ta’ziya bildirgani keldi. Sufyoni Savriy rahmatullohi alayhi turib, uni o‘z o‘rniga o‘tqizadi va o‘zi uning oldiga o‘tiradi.

Insonlar ketganidan keyin talabalari Sufyoni Savriy rahmatullohi alayhidan: "G‘alati ish qilganingizni ko‘rdik", deyishdi.

U esa: "Bu kishi ahli ilmdir. Ilmi uchun turmasam ham yoshi uchun turaman. Yoshi uchun turmasam ham fiqhi uchun turaman. Fiqhi uchun turmasam ham taqvosi uchun turaman", deb javob berdi.

Manba: Haraviy. "Mirqotul mafotih sharhu Mishkotul masobih". J. 1. - B. 30.