#Qabul_2024 #Magistratura #Modul_ta’lim
2024-2025 o‘quv yili bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti magistratura bosqichi, Modul ta’lim tizimi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi.
Magistraturaga chet tilidan, Modul ta’limga ixtisoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuasidan va Termizdagi islom institutiga kirish uchun Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan abituriyentlar test sinovlaridan o‘tdi.
Imtihon manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy. (https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7)
71-240-01-15, 77-308-73-13
t.me/oliymahad
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Duoning eng yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi Payg‘ambarlar aytgan so‘zning eng yaxshisi "Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr" deb aytishdir", deganlar.