Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Oliy ma’hadda bir kunda uchta imtihon o‘tkazildi

30.08.2024   5304   1 min.
Oliy ma’hadda bir kunda uchta imtihon o‘tkazildi

#Qabul_2024 #Magistratura #Modul_ta’lim

2024-2025 o‘quv yili bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti magistratura bosqichi, Modul ta’lim tizimi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi.

Magistraturaga chet tilidan, Modul ta’limga ixtisoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuasidan va Termizdagi islom institutiga kirish uchun Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan abituriyentlar test sinovlaridan o‘tdi. 

Imtihon manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy. (https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7)

71-240-01-15, 77-308-73-13

t.me/oliymahad

Oliy ma’hadda bir kunda uchta imtihon o‘tkazildi Oliy ma’hadda bir kunda uchta imtihon o‘tkazildi Oliy ma’hadda bir kunda uchta imtihon o‘tkazildi Oliy ma’hadda bir kunda uchta imtihon o‘tkazildi Oliy ma’hadda bir kunda uchta imtihon o‘tkazildi Oliy ma’hadda bir kunda uchta imtihon o‘tkazildi
Boshqa maqolalar

Mazhabga ergashish kerak(mi)!?

05.06.2025   6319   1 min.
Mazhabga ergashish kerak(mi)!?

Ulamolar biror bir mazhabga ergashish borasida Quron oyatlari va hadisi shariflardan ishoralar keltirib aytishadiki,«...Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, ahli zikrlardan so‘rangiz» (16:43). 
Huzayfa roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadisda: «Men sizlarning orangizda yana qancha qolishimni bilmayman. Shunday ekan, mendan so‘ng u ikkisi: Abu Bakr va Umarga iqtido qiling» (Termiziy, Ibn Moja, Ahmad), deyilgan. 
Imom Muslim «Sahih» asarining sharhlovchisi Imom Navaviy muayyan imomga taqlid qilishning shartligini sharhlab: «Sabab shundaki, mazhablardan birini tanlashga ruxsat berish kishilarni, ular o‘z xohishlariga mos keladigan oson narsaga ergashishiga olib keladi. Ular halol va harom, ruxsat etilgan va man etilgan narsalarning orasidan o‘zlariga mosini tanlaydilar. Bu mazhablar osonlashtirilmagan, tizimlashtirilmagan yoki mashhur bo‘lmagan ilk islom davridan farqli ravishda mas’uliyat tashvishidan ozod qilishga olib keladi. Shular asosida kishi o‘zi qat’iy ravishda amal qiladigan mazhablardan birini tanlashi lozim bo‘ladi», degan .Boshqa manbada: «Bu ummat ijmo qilgan, to‘g‘irlangan, yozib qo‘yilgan to‘rt mazhabdir. Bizning kunimizgacha odamlar unga taqlid qilishib o‘zlarini o‘shandan deb hisoblaydilar. Bunda, ayniqsa, qat’iyatlilik kamaygan, xohishlarimiz ongimizga o‘rnashgan va odamning ahmoqona ehtirosi xuddi fazilat sifatida qaraladigan bugungi kunda, ko‘pgina aniq ustunlik bor», deb yozgan.

Yangi Namangan tumani "Abdulloh ibn Mas’ud" jome masjidi

imom-xatibi  Sh.To‘xtabayev

MAQOLA