frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI

03.09.2024   16040   2 min.
IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI

Ilm kelajakka tikilgan eng yaxshi sarmoya. Yosh avlodni bilimli qilish millat buyukligiga xizmat qiladi. Shu maqsadda yoshlarning ilm olishi va jamiyat uchun foydali inson bo‘lishiga mamlakatimizda juda katta e’tibor qaratilmoqda. 

Mana shunday ezgu niyatlar yo‘lida yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan respublikamizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar saxovatpesha insonlarni jalb qilgan holda ehtiyojmand oilalarning 10 ming nafar farzandiga qariyb 3 milliard so‘mlik maktab formasi, o‘quv qurollari va sumkalar hadya qildilar.

Ta’kidlash joizki, bunday xayrli tadbirlar ko‘plab ehtiyojmand oilalar mushkulini oson qilib, farzandlarini ko‘nglini shod etishi barobarida ilm olishlari uchun juda katta ko‘mak bo‘ldi.

Darhaqiqat, Alloh taolo so‘nggi payg‘ambari Muhammad alayhissalomga birinchi nozil qilgan vahiysi, Qur’oni karimning eng avvalgi oyatlarida butun insoniyatni o‘qish, ilm olish va yozishga buyurib: “O‘qing (ey, Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi”, degan (Alaq, 1-5). 

Shuningdek, barchamizga ma’lum bo‘lgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir”, deganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Demak, ilm olmoqchi bo‘lgan o‘quvchi yoshlarning ta’lim olishiga kitob va daftarlar olib berish, zaruriy o‘quv qurollari bilan ta’minlash ham ulkan savobli amallardandir. Ayniqsa, kimki moddiy yordamga muhtoj o‘quvchiga homiylik qilsa, unga ham talabaning savobidek, ajr-mukofot beriladi, deya umid qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshilikka dalolat qiluvchi-undovchi o‘sha yaxshilikni qiluvchi kabi ajr olur”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Azizlar, qo‘li ochiq kishilar ilm oluvchi yoshlardan xabar olib, ularni moddiy jihatdan ta’minlab tursalar, ajr ustiga ajr bo‘ladi. Ma’lumki, ilm rivoji uchun sarflangan mablag‘lar kuni kelib, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligiga xizmat qilishi barobarida ikki dunyo saodatiga omil bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI IMOMLAR TOMONIDAN 3 MLRD. SO‘MLIK O‘QUV QUROLLARI HADYA ETILDI
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   25611   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari