frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ilm olish ayollarga ham farzdir

04.09.2024   13567   1 min.
Ilm olish ayollarga ham farzdir

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ilm talab qilish mo‘min va mo‘mina ayolga farzdir”, deganlar. Bu hadisdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Islom dini ayol kishiga ham ilm talab qilishni farz qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hafsa roziyallohu anho onamizga uylanmoqchi bo‘lganlarida Hazrati Umar roziyallohu anhu Islom ummatiga yuksak bir fazilatni ko‘rsatdilar. U ham bo‘lsa, otalik mas’ulyatini his qilgan holda qizlari Hafsa roziyallohu anhoni turmushga berish oldidan unga o‘qish,  yozish va dinga doir ilmlarni berdilar. Hattoki qizlariga o‘qish va yozishni ta’lim berish uchun Bani Adiy qabilasidan bir ayolni yolladilar. Hafsa onamiz roziyallohu anho haligi ayoldan yetarlicha ilm olganlaridan so‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamga turmushga chiqdilar.

To‘ydan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Umardan haligi Bani Adiylik ayolni kelib Hafsaga qolgan ilmlardan ham dars berishni davom ettirishligini aytdilar.

Hazrati Umar roziyallohu anhu: “Yo Rasululloh! Hafsa ilmni yaxshi egallab oldi”, dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men Hafsani ilmni mukammalroq egallashini xohlayman”, dedilar. Shundan so‘ng haligi ayol kelib darsni davom ettirdi.

Abdushukur MURODOV

Manba: Muhammad Mutavalli Sha’roviyning “Musulmon ayol fiqhi” nomli kitobidan. 15-bet.

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Suvlarni ketkazishga qodirmiz

02.07.2026   2724   1 min.
Suvlarni ketkazishga qodirmiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

“Biz osmondan hisobi bilan yomg‘ir suvlarini yog‘dirib, Yerga o‘rnashtirdik. Biz bu suvlarni ketkazib, sizlarni undan mahrum qilib qo‘yishga ham qodirmiz” (Muminun surasi, 17-oyat).

Maqolalar