frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Mavlid oyini qanday o‘tkazamiz?

04.09.2024   8334   1 min.
Mavlid oyini qanday o‘tkazamiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

  1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, shamoyillari va odob-axloqlarini o‘qib-o‘rganish hamda ularni hayotga tatbiq qilish. Nabiy alayhissalom: “Oxiratda menga eng mahbub va eng yaqin bo‘ladiganingiz xulqi eng yaxshilaringizdir”, deganlar.
     
  2. Har qachongidan ham ko‘proq salavotu salomlar aytish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar, albatta, menga ko‘p salavot aytganlardir”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
     
  3. Dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki kunda ro‘za tutardilar va: “Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman”, deb aytardilar (Imom Termiziy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   32650   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV