Sayt test holatida ishlamoqda!
06 May, 2025   |   8 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:43
Quyosh
05:14
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:29
Xufton
20:54
Bismillah
06 May, 2025, 8 Zulqa`da, 1446

SALAVOT aytishning 40 ta  FOYDASI

05.09.2024   6382   3 min.
SALAVOT aytishning 40 ta  FOYDASI

Bismillahir Rohmanir Rohiym

SALAVOT aytishning 40 ta  FOYDASIni

ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar: KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

 

«Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot ayturlar. Ey, mo‘minlar! Sizlar ham unga salavot va salom aytingiz!» (Ahzob surasi 33/56 oyat).

JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

 

  • «Uch toifa kishining qo‘lga kiritgan narsasida baraka bo‘lmaydi va qayerda bo‘lsa ham xorlanadi:
  • Mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;
  • Ramazon oyiga hurmat ko‘rsatmagan;
  • Ota-onasi tirik bo‘la turib, ularni xursand qilmagan».

 

  1. Salavot aytishda Alloh taoloning amriga itoat, bo‘ysunish bor.
  2. Payg‘ambarimiz alayhissalomga Alloh taoloning salavot aytishi bilan o‘zaro muvofiqlik bor. Ikki salavotning farqi bo‘lsa ham.
  3. Maloikalar bilan muvofiqlikda salavot aytish bor.
  4. Bir marta salavoti evaziga salavot aytuvchiga Alloh taolodan o‘nta salavot hosil bo‘ladi.
  5. Banda salavot sabab o‘n darajaga ko‘tariladi.
  6. Salavot aytuvchiga o‘nta savob-hasanot yoziladi.
  7. Salavot aytuvchidan o‘nta gunohi o‘chiriladi.
  8. Salavot – duoning ijobat bo‘lishi sabablaridan biridir.
  9. Salavot aytuvchi Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sallallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf bo‘ladi.
  10. Salavot aytish – gunohlar mag‘firat qilinishi sabablaridan biridir.
  11. Ahamiyatli ishlarida salavot aytuvchi bandaga Alloh taolo kifoya qiladi.
  12. Salavot aytuvchi Qiyomat kuni Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga yaqin bo‘ladi.
  13. Mashaqqat vaqtida aytilgan salavot sadaqaning o‘rniga o‘tadi.
  14. Hojatlari salavot sababidan ravo bo‘ladi.
  15. Alloh va farishtalari salavot aytuvchi bandaga salavot yo‘llaydilar.
  16. Salavot aytuvchi salavot sababli poklanadi.
  17. O‘limidan avval u bandaga jannat xushxabari yetadi.
  18. Qiyomat kunidagi qo‘rqinch, xavotirlardan najot topadi, qutuladi.
  19. Bandaga unutib qo‘ygan narsasini yodiga tushiradi.
  20. Aytgan salavotiga Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam alik olib, javob qaytaradilar.
  21. Salavot aytishda banda hojatlarini so‘rashi bor.
  22. Salavot aytuvchi faqirlik-qashshoqlikdan saqlanadi.
  23. Salavot aytuvchi banda baxillikdan qutuladi.
  24. Salavot aytuvchi xor-zor bo‘lib, xo‘r bo‘lib qolishdan, duoibad kasofatidan omonda bo‘ladi.
  25. Salavot – aytuvchini jannat yo‘liga yo‘llanishi sababidir.
  26. Salavot aytishda Alloh taolodan Uning Habibiga maqtov so‘rash bor.
  27. Gapiradigan gaplari va boshqa so‘zlari komil bo‘ladi.
  28. Sirot ko‘prigida yorqin, ko‘pgina nurga musharraf bo‘ladi.
  29. Salavot aytuvchi jafodan, begonalikdan uzoq bo‘ladi .
  30. Salavot aytuvchi osmonlar-u yer ahli o‘rtasida Alloh taoloning maqtoviga sazovor bo‘ladi.
  31. Salavot aytish bilan banda barakot sohibi bo‘ladi.
  32. Salavot aytishda Alloh taoloning rahmatiga noil bo‘ladi.
  33. Salavot aytuvchida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga davomiy muhabbat bo‘ladi.
  34. Salavot aytuvchi Payg‘ambarimiz alayhissalomga suyukli bo‘ladi.
  35. Salavot – hidoyatga yo‘llab, qalbning hayoti sababidir.
  36. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga salavot aytuvchining ismi ko‘rsatiladi.
  37. Sirot ko‘prigida sobitqadam bo‘ladi.
  38. Salavot aytuvchi Payg‘ambarimiz alayhissalomning ba’zi haqlarini ado qilgan bo‘ladi.
  39. Salavotda Alloh taoloni zikr qilish va Unga shukr qilish jamlangandir.
  40. Salavot – duodir!      (Kalomulloh – Qur’oni Karimning oyati karimalari va Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflaridan).

Ibrohim domla Inomov

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

03.05.2025   6374   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi taniqli ulamo Abduqahhor G‘afforov (Shoshiy)ning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi. 
 

Alloh taolo marhum ulamoni O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Ma’lumot o‘rnida Abduqahhor Shoshiy 1939 yili Toshkent shahridagi "Hazrati Imom" dahasida tug‘ilganlar. 1956-1960 yillari Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida, 1965-1969 yillari Misrdagi “Al-Azhar” dorilfununida o‘qiganlar. So‘ng O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro bo‘limi mudiri, “Mir Arab” madrasasi direktori, Toshkent Islom oliy ma’hadi rektori vazifalarida ishlaganlar. “Islom aqidasi”, “Islom arkonlari”, “Qur’oniy hikoyalar” kabi o‘nlab kitoblar muallifi va tarjimonlari sanaladi.  


Haq taolo marhum olimning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so‘raymizki, marhum olimni o‘zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog‘lariga doxil etsin.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.


«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering». 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari