Maqolalar
SALAVOT aytishning 40 ta FOYDASI
5.09.2024
3960
3 min.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
SALAVOT aytishning 40 ta FOYDASIni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar: KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
«Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot ayturlar. Ey, mo‘minlar! Sizlar ham unga salavot va salom aytingiz!» (Ahzob surasi 33/56 oyat).
JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM
MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
- «Uch toifa kishining qo‘lga kiritgan narsasida baraka bo‘lmaydi va qayerda bo‘lsa ham xorlanadi:
- Mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;
- Ramazon oyiga hurmat ko‘rsatmagan;
- Ota-onasi tirik bo‘la turib, ularni xursand qilmagan».
- Salavot aytishda Alloh taoloning amriga itoat, bo‘ysunish bor.
- Payg‘ambarimiz alayhissalomga Alloh taoloning salavot aytishi bilan o‘zaro muvofiqlik bor. Ikki salavotning farqi bo‘lsa ham.
- Maloikalar bilan muvofiqlikda salavot aytish bor.
- Bir marta salavoti evaziga salavot aytuvchiga Alloh taolodan o‘nta salavot hosil bo‘ladi.
- Banda salavot sabab o‘n darajaga ko‘tariladi.
- Salavot aytuvchiga o‘nta savob-hasanot yoziladi.
- Salavot aytuvchidan o‘nta gunohi o‘chiriladi.
- Salavot – duoning ijobat bo‘lishi sabablaridan biridir.
- Salavot aytuvchi Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sallallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf bo‘ladi.
- Salavot aytish – gunohlar mag‘firat qilinishi sabablaridan biridir.
- Ahamiyatli ishlarida salavot aytuvchi bandaga Alloh taolo kifoya qiladi.
- Salavot aytuvchi Qiyomat kuni Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga yaqin bo‘ladi.
- Mashaqqat vaqtida aytilgan salavot sadaqaning o‘rniga o‘tadi.
- Hojatlari salavot sababidan ravo bo‘ladi.
- Alloh va farishtalari salavot aytuvchi bandaga salavot yo‘llaydilar.
- Salavot aytuvchi salavot sababli poklanadi.
- O‘limidan avval u bandaga jannat xushxabari yetadi.
- Qiyomat kunidagi qo‘rqinch, xavotirlardan najot topadi, qutuladi.
- Bandaga unutib qo‘ygan narsasini yodiga tushiradi.
- Aytgan salavotiga Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam alik olib, javob qaytaradilar.
- Salavot aytishda banda hojatlarini so‘rashi bor.
- Salavot aytuvchi faqirlik-qashshoqlikdan saqlanadi.
- Salavot aytuvchi banda baxillikdan qutuladi.
- Salavot aytuvchi xor-zor bo‘lib, xo‘r bo‘lib qolishdan, duoibad kasofatidan omonda bo‘ladi.
- Salavot – aytuvchini jannat yo‘liga yo‘llanishi sababidir.
- Salavot aytishda Alloh taolodan Uning Habibiga maqtov so‘rash bor.
- Gapiradigan gaplari va boshqa so‘zlari komil bo‘ladi.
- Sirot ko‘prigida yorqin, ko‘pgina nurga musharraf bo‘ladi.
- Salavot aytuvchi jafodan, begonalikdan uzoq bo‘ladi .
- Salavot aytuvchi osmonlar-u yer ahli o‘rtasida Alloh taoloning maqtoviga sazovor bo‘ladi.
- Salavot aytish bilan banda barakot sohibi bo‘ladi.
- Salavot aytishda Alloh taoloning rahmatiga noil bo‘ladi.
- Salavot aytuvchida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga davomiy muhabbat bo‘ladi.
- Salavot aytuvchi Payg‘ambarimiz alayhissalomga suyukli bo‘ladi.
- Salavot – hidoyatga yo‘llab, qalbning hayoti sababidir.
- Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga salavot aytuvchining ismi ko‘rsatiladi.
- Sirot ko‘prigida sobitqadam bo‘ladi.
- Salavot aytuvchi Payg‘ambarimiz alayhissalomning ba’zi haqlarini ado qilgan bo‘ladi.
- Salavotda Alloh taoloni zikr qilish va Unga shukr qilish jamlangandir.
- Salavot – duodir! (Kalomulloh – Qur’oni Karimning oyati karimalari va Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflaridan).
Ibrohim domla Inomov
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING