Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taologa beadad hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu
Abu Bakr roziyallohu anhuning ayoli Asmo binti Umays roziyallohu anho aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlariga bir kun bo‘lgan edi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni bir kun ko‘rmaganlariga boshlarini tizzalariga qo‘yib ko‘p yig‘lardilar”. Shunda tinchlantirish maqsadida: “Ko‘p tashvish chekmang! Hamisha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘ldingiz. Inshaalloh, yaqinda U zot alayhissalom bilan yana ko‘rishasiz”, dedim.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq sog‘inar, u zot alayhissalom bilan ko‘rishishni intizorlik bilan kutardilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishga bo‘lgan sog‘inch ikki yilu uch oy davom etdi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu vafot etdilar. Sog‘inib kutganlari – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldilar...
Davomi bor....
Davron NURMUHAMMAD
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Fiqh ijtihod va fikrlar majmuasi bo‘lib, bu fikrlar nafsu havoga berilishdan kelib chiqmagan, balki Qur’on va Sunnatni anglashdan kelib chiqqan, Qur’on va Sunnatdan olingandir. Alloh azza va jalla bizga shu yo‘lni buyurgan. Agar Alloh fiqhga tegishli har bir masalaning hukmini bayon qilishni iroda qilganida, hozir millionlab oyatlar, millionlab hadislar turgan bo‘lardi. Lekin hammasi bo‘lib, olti mingdan sal ortiq oyat nozil bo‘lgan, muayyan adaddagi hadislar vorid bo‘lgan. Har bir masalaga oyat-hadis kelsa, shuncha oyatni, shuncha hadisni kim yod olardi? Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘z zamonlarida avtomobillar haqida gapirishlarini tasavvur qiling! Unda u zotning so‘zlarini hech kim tasdiqlamagan bo‘lardi-ku!
Ijtihod qilish noto‘g‘ri desangiz, sahobalar ham ijtihod qilishgan. Keyin o‘sha o‘z ijtihodi bilan chiqargan hukmga amal qilishni odamlarga buyurishgan. Odamlar ularga taqlid qilishgan, ergashishgan. Mana shu yo‘sinda ularning yo‘llaridan yurib kelishgan.
Tahallul tarafdorlari orasida «Fiqh dinning bir qismi emas», «Mazhab egalarining aytganiga amal qilish shart emas», degan gaplar tarqalgan.
Tashaddud ahli ham mana shunga chaqiryapti. Ularning asl maqsadi fiqhiy mazhablarni yo‘q qilib, dinsizlikka yetaklash edi. Masalan, men dinni mahkam ushlasam-u, lekin na hanafiy, na shofe’iy, na molikiy va na hanbaliy mazhabini tutmasam, unda dindan nimani ushlayman? Menda fiqh degan narsa qolmaydi-ku! Fiqhni mana shu mazhablar tashkil qiladi-ku! Alloh bizga «Zikr ahlidan so‘rang» deb buyurib, ergashishimizga rozi bo‘lgan ilmlarni mujtahidlarning ijtihod va fikrlari tashkil qilmasa, nima tashkil qiladi?!
«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobidan