Bismillahir Rohmanir Rohiym
Fotimai Zahro roziyallohu anho
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘ir betob bo‘lib yotardilar. Qizlari Fotimai Zahro roziyallohu anho U zotning oldilariga kirdilar. Otalarini bu ahvolda ko‘rib yig‘ladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Fotima yaqinroq kel”, dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam qizlarining qulog‘iga bir narsalarni aytdilar. Fotimai Zahro roziyallohu anhoning yig‘ilari yanada kuchaydi. So‘ngra boshqa qulog‘iga yana bir narsalarni aytdilar. Bu safar Fotimai Zahro roziyallohu anho tabassum qildilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin Fotima roziyallohu anhodan otalari nima deganlari haqida so‘rashganda: “Birinchi gal shu kuni vafot etishlari haqida gapirdilar. Ikkinchisida esa, menga ahlimdan birinchi bo‘lib sen yetishasan dedilar”, deb javob berdilar.
Ha, Fotima roziyallohu anhoning ko‘ngillariga faqatgina U zotga birinchilardan bo‘lib yetishish taskinlik berardi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sog‘inib o‘tgan olti oydan so‘ng Fotima roziyallohu anho Rasululloh sollallohu vasallam bilan yana uchrashdilar.
Davomi bor...
Maqolaning 1-qismi
Davron NURMUHAMMAD
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan aholi bilan samimiy muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 15 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi.
Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, oilaviy masalalar, haj, ish, diniy ta’lim hamda moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati