Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Yanvar, 2025   |   24 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:41
Peshin
12:40
Asr
15:48
Shom
17:32
Xufton
18:49
Bismillah
24 Yanvar, 2025, 24 Rajab, 1446

Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi

17.09.2024   3034   1 min.
Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi

Avvalroq “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlanib, ilk guruh ziyoratchilari muborak diyorga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik

Ushbu ziyoratchilar 3 kun davomida Madina shahridagi zamonaviy “Grand Shahba” mehmonxonasida istiqomat qilish barobarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Ravzai shariflari, muborak qadamjolar va Masjidun Nabaviyda ziyorat va ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldilar. 

Shundan so‘ng o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlari Payg‘ambar shahridagi Zul-Hulayfa masjidida umrani niyat qilib, oppoq ehromda zamonaviy avtobuslarda Makkai mukarramaga yo‘l oldi. 

Muqaddas ikki shahar orasidagi 460 kilometrlik masofani zamonaviy avtobuslarda o‘rtacha tezlikda 5-6 soatda bosib o‘tgan, tilidan “labbayka” tushmagan umrachilarimiz Ishchi guruhi va hamkor shirkat vakillari tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi. 

Hamyurtlarimiz muhtasham “Al-Ayam Elite” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib ikrom qilindi. 

Zamonaviy mehmonxonada xonalari tayin bo‘lgan ziyoratchilarimiz mohir oshpazlar pishirgan lazzatli taomlaridan bahramand bo‘lgandan so‘ng guruh rahbarlari hamrohligida tildan talbiyani qo‘ymagancha Masjidul Haramga yo‘l olishdi va Baytullohda tavof, sa’y kabi umra amallarini bajarishga kirishdilar. 

Alloh taolo ziyoratchilarimizning safarlarini xayrli va barakali qilsin, umralarini qabul aylasin, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom ila kutib olindi
Boshqa maqolalar

Sahobalar ham ijtihod qilishganmi?

16.01.2025   16036   2 min.
Sahobalar ham ijtihod qilishganmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Fiqh ijtihod va fikrlar majmuasi bo‘lib, bu fikrlar nafsu havoga berilishdan kelib chiqmagan, balki Qur’on va Sunnatni anglashdan kelib chiqqan, Qur’on va Sunnatdan olingandir. Alloh azza va jalla bizga shu yo‘lni buyurgan. Agar Alloh fiqhga tegishli har bir masalaning hukmini bayon qilishni iroda qilganida, hozir millionlab oyatlar, millionlab hadislar turgan bo‘lardi. Lekin hammasi bo‘lib, olti mingdan sal ortiq oyat nozil bo‘lgan, muayyan adaddagi hadislar vorid bo‘lgan. Har bir masalaga oyat-hadis kelsa, shuncha oyatni, shuncha hadisni kim yod olardi? Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘z zamonlarida avtomobillar haqida gapirishlarini tasavvur qiling! Unda u zotning so‘zlarini hech kim tasdiqlamagan bo‘lardi-ku!

Ijtihod qilish noto‘g‘ri desangiz, sahobalar ham ijtihod qilishgan. Keyin o‘sha o‘z ijtihodi bilan chiqargan hukmga amal qilishni odamlarga buyurishgan. Odamlar ularga taqlid qilishgan, ergashishgan. Mana shu yo‘sinda ularning yo‘llaridan yurib kelishgan.

Tahallul tarafdorlari orasida «Fiqh dinning bir qismi emas», «Mazhab egalarining aytganiga amal qilish shart emas», degan gaplar tarqalgan.

Tashaddud ahli ham mana shunga chaqiryapti. Ularning asl maqsadi fiqhiy mazhablarni yo‘q qilib, dinsizlikka yetaklash edi. Masalan, men dinni mahkam ushlasam-u, lekin na hanafiy, na shofe’iy, na molikiy va na hanbaliy mazhabini tutmasam, unda dindan nimani ushlayman? Menda fiqh degan narsa qolmaydi-ku! Fiqhni mana shu mazhablar tashkil qiladi-ku! Alloh bizga «Zikr ahlidan so‘rang» deb buyurib, ergashishimizga rozi bo‘lgan ilmlarni mujtahidlarning ijtihod va fikrlari tashkil qilmasa, nima tashkil qiladi?!

«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobidan