Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Mashhurlik kasali

18.09.2024   8708   4 min.
Mashhurlik kasali

Imom Avzoiy rohimahulloh aytadi: «Ato ibn Abi Raboh o‘z vaqtida eng buyuk inson edi. Uning majlisida yettita yoki sakkizta inson bo‘lar edi».

E’tibor bering. Umaviylar xalifasining jarchisi o‘sha davrda: «Hajda insonlarga faqatgina Ato ibn Abi Raboh fatvo beradi», deb jar solgan edi. Buyuk imomlardan Maymun ibn Mihron rohimahullohning aytishicha, Atodan so‘ng unga o‘xshagani kelmagan. Ammo shunday bo‘lsada, u darslarida hozir bo‘lgan kishilarning ozligidan jirkanmasdan, dangasalik qilmasdan, zerikmasdan darsda bardavom bo‘lgan.

Imom Ahmad ibn Hanbal rohimahulloh o‘zlarining «Musnad»larini uch kishiga mukammal aytganlar xolos. Hanbal ibn Is'hoq aytadi: «Ahmad ibn Hanbal meni, Solihni va Abdullohni jamlab bizga «Musnad»ni o‘qib berdi. Uni bizdan boshqa hech kim eshitmagan. Vaholanki, u bizga bu kitobdagi hadislarni yetti yuz ellik ming hadis ichidan tanlab olganini aytan edi». Ya’ni, imom Ahmad rohimahulloh «Musnad»ni shuncha mehnat ila jamlagan bo‘lsalarda uni uchtagina insonga imlo qilishdan zerikmaganlar Alloh rozi bo‘lsin!

Inson ko‘pchilikka qiziqadi, ko‘pchilik unga yoqadi. Muxlislarining ziyoda bo‘lganida quvonsa, ularning kamayganidan qalblar mahzun bo‘ladi. Bu to‘g‘risida nafslar turlicha bo‘ladi. Ammo bu joyda boshqa narsani so‘zlamoqchimiz. Haqiqiy da’vatchini tinglovchilarning ozligi maqsadidan chalg‘itmasligi lozim. Uning darslari va mav’izalariga keluvchilarning ozligi uning g‘ayratini so‘ndirmasligi kerak. Uning vazifasi bu maydonda faqat yetkazishdir. Bu Nabiy alayhis salomning yo‘llaridir.

Ba’zi olimlarning hayotiga nazar soladigan bo‘lsak ularning oldingi faoliyatida nihoyatda oz inson tinglagani, keyinchalik esa uning sabri va matonati sabab tinglovchilari behad ko‘payib ketganini ko‘ramiz.

Shayx Abdulkarim Xuzayr o‘zining «Tafsiri Qurtubiy»ni dars berganini bunday eslaydi: «Bu tafsirni 22 yil dars berdim. Avvalda nihoyatda ozchilik keldi darsimga. Ular uzilib-uzilib kelishar edi. Ta’limning boshida bu tabiiy. Ko‘p toliblar eshituvchilarning ozligi uchun darsni tashlab ketishadi. Darsdan eng ko‘p foyda oladigan kishi ustozdir. Men aytar edimki, darsga keladigan bir kishiga agar pul bersang ham uning senga muhtojligidan sening unga muhtojliging ko‘proqdir!»

Abdurrahmon ibn Mahdiy aytadi: «Men juma namoziga borar edim. U yerda odam ko‘p bo‘lsa xursand bo‘lar, odam oz bo‘lsa xafa bo‘lar edim. Buni Bishr ibn Mansurga aytdim. Shunda u dedi: «U yomon majlisdir. U yerga qaytib borma!». Men qaytib u masjidga bormadim».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sabrlari va matonatlari bu to‘g‘risida bizga go‘zal namunadir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Absani islomga da’vat qilganlarida u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Sen bilan birga kimlar bor?», deb so‘ragan edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Bir hur va bir qul», degan edilar. O‘shanda u zotning atroflarida faqatgina Abu Bakr va Bilol roziyallohu anhu bor edilar.

Ibnul Javziy rohimahulloh o‘zining «Talbisu Iblis» kitobida bunday deydi: "Ba’zilar tobelarining ko‘pligi bilan faxrlanadi. Shayton unga "sen toliblarning ko‘pligidan faxrlanayapsan, bunda hech qanday yomonlik yo‘q" deydi. Aslida u as'hoblarining ko‘payishini, nomini chiqarishni, dong taratishni maqsad qilgan bo‘ladi. U tobelarining so‘zlaridan ujbga ketadi. Agar uning tobelari o‘zidan ko‘ra olimroq boshqa bir insonning oldiga ketsa, bu uning nafsiga og‘irlik qiladi. Bu ta’limdagi ixlosli kishining ishi emas".

Olimlarning vazifasi yetkazish. Hidoyat qilish Allohning ishi. Ma’lumki, mo‘min inson odamlar haqqa ijobat qilishmasa xafa bo‘ladi. Ana shu xafa bo‘luvchilar ikkiga bo‘linadi:

1. Insonlar uni eshitishmagani uchun xafa bo‘ladi.

2. Insonlar haqni qabul qilmaganlari uchun xafa bo‘ladi.

Ikkinchisi maqtovga sazovor xafalikdir. Chunki birinchisi o‘ziga da’vat qiladi. Ikkinchisi esa Allohga da’vat qiladi. Bishr Hofiy rohimahulloh: «Mashhurlikni sevadigan kishi Allohdan qo‘rqmaydi», deganlar.

Alloh barchamizni isloh qilsin!

Abdulqodir Polvonov

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   19271   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi