Sayt test holatida ishlamoqda!
06 May, 2025   |   8 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:43
Quyosh
05:14
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:29
Xufton
20:54
Bismillah
06 May, 2025, 8 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Imomlar yig‘ilishi, namozxonlar bilan dildan suhbat, masjiddagi qurilish bilan tanishuv

25.09.2024   4194   1 min.
Imomlar yig‘ilishi, namozxonlar bilan dildan suhbat, masjiddagi qurilish bilan tanishuv

 Yig‘ilishda 2024 yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Unda  Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov ishtirok etib, bugungi kun imomi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, ulamolarning vazifasi din g‘ami, xalq dardi va yurt taqdiri yo‘lida astoydil xizmat qilish, din peshvosi sifatida, aholi, ayniqsa, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, yaxshilikni, halollikni, ilm olishni targ‘ib qilish, odamlar orasini isloh qilib, ularni ahillikka, birdamlikka, oqibatli bo‘lishga undashdan iborat ekanini qayd etdi. 
 

Uchqo‘rg‘on tumanidagi imom-xatib va imom-noiblar o‘zlariga biriktirilgan mahallalar bilan muntazam aloqada bo‘lib, oilalarni tinch-totuv yashashi, farzandlarni bevaqt tirik yetim bo‘lmasligi uchun ajrimlarni oldini olish, keksalarni  hurmat qilish, qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratish ta’kidlandi.


Yig‘ilishdan so‘ng Musoxon domla tumandagi "Qosim qori" jome masjidida namozxonlar bilan ko‘rishib, dildan suhbat qildi. Shuningdek, qurilishi bo‘layotgan “Abdulhamid hoji Abdurahmon o‘g‘li” jome masjidiga tashrif buyurib, namozxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi.


Shuningdek, tumandagi chekka hududda faoliyat yuritayotgan masjid imom-xatibi Rustamov Mahmudxonni xonadonidan xabar olib, yashash sharoitlalari bilan yaqindan tanishib, ularning haqqiga duoi hayrlar qildilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Imomlar yig‘ilishi, namozxonlar bilan dildan suhbat, masjiddagi qurilish bilan tanishuv Imomlar yig‘ilishi, namozxonlar bilan dildan suhbat, masjiddagi qurilish bilan tanishuv Imomlar yig‘ilishi, namozxonlar bilan dildan suhbat, masjiddagi qurilish bilan tanishuv Imomlar yig‘ilishi, namozxonlar bilan dildan suhbat, masjiddagi qurilish bilan tanishuv Imomlar yig‘ilishi, namozxonlar bilan dildan suhbat, masjiddagi qurilish bilan tanishuv
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

"Yog‘ochli sardoba" – Sirdaryoning turizm salohiyatini ochuvchi noyob yodgorlik

02.05.2025   12371   2 min.

Sirdaryo viloyatida joylashgan tarixiy va madaniy obidalar orasida XVI asrga tegishli "Yog‘ochli sardoba" alohida ahamiyatga ega. Buxoro xoni Abdullaxon II davrida, 1580 yilda qurilgan mazkur gidrotexnik inshoot nafaqat o‘tmishdan darak beradi, balki hozirgi kunda viloyat turizm salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
 

Har bir tarixiy obida – xalqimiz tarixi va madaniyatining guvohi. Mirzacho‘l hududida joylashgan “Yog‘ochli sardoba” ham ana shunday noyob yodgorliklardan bo‘lib, uning me’moriy tuzilishi va muhandislik yechimi o‘z davrining ilg‘or bilimlariga tayanilganini ko‘rsatadi.


– Sardobaning gumbazsimon tuzilishi, 15 metrlik ichki diametri va 12 metr balandligi uni nafaqat amaliyotda samarali, balki arxitektura jihatdan ham o‘ziga xos namuna sifatida namoyon etadi. Yerdan ikki metr balandlikdagi tuynuklar, salqinlikni saqlovchi ventilyatsiya tizimi, simmetriyali qurilishi va devor qalinligining yuqoriga ko‘tarilgan sari yupqalashib borishi – bularning barchasi sardobaning betakrorligigidan dalolat beradi,– deydi tarixchi-arxeolog Solijon Qudratov.


Sardobaga arksimon kirish qismi orqali g‘ishtli zinapoyalardan foydalanib tushiladi. Kirish qismidagi yo‘lakcha ustidan esa xizmatchilar uchun maxsus xonalarga chiqish mumkin bo‘lgan aylanma zinapoya qurilgan.


So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda “Yog‘ochli sardoba” ham qayta tiklash ishlari doirasida o‘rganilmoqda. Ba’zi rekonstruksiya ishlari boshlangan bo‘lsa-da, ma’lum texnik va moliyaviy sabablarga ko‘ra, qurilish vaqtincha to‘xtab qolgan.


– Endi bu maskanni to‘liq ta’mirlab, turistik marshrutlarga qo‘shish, atrofida dam olish maskanlari, suv yo‘llari, mahalliy hunarmandchilik obyektlarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bunda davlat-xususiy sheriklik asosida yosh tadbirkorlarni ham jalb etish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isoqulov.


“Toshkent – Samarqand – Buxoro” magistral yo‘li bo‘ylab joylashgan “Yog‘ochli sardoba” hozirning o‘zidayoq sayohatchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Shu bois, yaqin istiqbolda bu inshoot nafaqat tarixiy yodgorlik, balki madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan, mahalliy va xalqaro turizmni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim markazga aylanishi, shubhasiz. 


G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

O'zbekiston yangiliklari