#Qur'onga_muhabbat
Turkiyaning Hatay viloyati Iskandarun tumanida yashaydigan 31 yoshli Zaynab Esro Oqurning ko'zlari tug'ilganidan beri ko'rmaydi. Shunga qaramay u Qur'oni karimni yodlashning uddasidan chiqdi.
Zaynab to'rt yil muqaddam Qur'on kursiga qatnay boshlagan. Kursdagi ustozi pleer sovg'a qilgach, Qur'onni eshitgan holda yodlay boshladi va bu ishni uch yil ichida tugatdi. Shundan so'ng hofizlik imtihonidan muvaffaqiyatli o'tib, Qur'on hofizi nomini oldi.
«Agar ko'zlarim ko'rganida Qur'onni juda ko'p o'qigan bo'lardim», – deydi u.
@quranuz_kanali
حدثنا العباس الدوري نا يحيى بن حماد أنا محمد بن طلحة عن أبيه عن مصعب بن سعد قال: رأى سعد أن له فضلا على من دونه قال: فقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم : إنما نصر الله هذه الأمة بضعفائهم وبصلاتهم ودعوتهم وإخلاصهم.
Mus’ab ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: “Sa’d o‘zini boshqalardan ustunroq deb o‘yladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Albatta, Alloh bu ummatga zaiflari, namozlari, duolari va ixloslari sababli nusrat bergan!” dedilar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi