Sayt test holatida ishlamoqda!
19 May, 2025   |   21 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:01
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:42
Xufton
21:12
Bismillah
19 May, 2025, 21 Zulqa`da, 1446

Baqi’ qabristoniga dafn etilgan ilk sahobiy

26.09.2024   4228   3 min.
Baqi’ qabristoniga dafn etilgan ilk sahobiy

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning vafot etganini eshitganlarida ko‘z yosh to‘kkanlar. Baqi’ qabristoniga dafn etilgan ilk muhojir sahobiy – Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu sanaladi.

Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu Makkada dunyoga keldi. Otasi Maz’un ibn Habib ibn Vahb, onasi Suxayla bintu Anbas. Kunyasi Abu Soib edi.

Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu oilada yaxshi tarbiya ko‘rib ulg‘aydi. Qabilasi orasida odobi bilan ajralib turardi. Nihoyatda ziyrak, aql-zakovatli va go‘zal xulqli inson edi. Hatto johiliyat davrida ham ichkilikka yaqinlashmagan. U: “Aqlimni ozdiradigan, odamlarga masxara bo‘lishimga sabab bo‘ladigan va o‘zimga munosib bo‘lmagan ayolga uylanishimga majbur qiladigan bu narsani aslo ichmayman”, deb aytardi.

O‘ttiz yoshida Islomni qabul qildi. Bu haqda bunday deydi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning oilalariga muhabbatim juda kuchli edi. Kunlarning birida Nabiy alayhissalomga vahiy nozil bo‘layotganiga guvoh bo‘ldim. Bu hodisa mening qalbimda iymon nuri porlashiga sabab bo‘ldi”.

Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu kechalarini ibodat bilan o‘tkazar, kunduzlari esa ro‘za tutar, uyda hatto bir kunlik taom saqlamasdi. Dunyoga muhabbat qo‘ymadi, obid va zohid, xayrli ishlarda peshqadam, haq yo‘lda mustahkam va Islom yo‘lida fidokor bo‘ldi.

Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu mushriklarning tazyiqi girdobida qolganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hijrat qilishga ruxsatlari bo‘lganidan so‘ng ayoli va o‘g‘lini olib Madinaga hijrat qildi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir qancha g‘azotlarda ishtirok etdi.

Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu Badr g‘azotidan keyin kasal bo‘lib qoldi. Og‘ir betoblikdan so‘ng Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu Ummul A’loning xonadonida vafot etdi. Bu haqda Ummul A’lo bunday deydi: “Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhuning vafotini eshitib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimizga keldilar. U zot alayhissalom ko‘z yosh to‘kib: “Alloh va Rasulini sevardi. Ey Abu Soib. Alloh seni rahmatiga olsin! Dunyodan o‘tding. Na Sen dunyoga muhabbat qilding, na u senga muhabbat qildi. U bizning qanday yaxshi birodarimiz edi”, dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhuni Baqi’ qabristoniga dafn etishni buyurib, janozani o‘zlari o‘qib berdilar.

Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu Baqi’ qabristoniga qo‘yilgan dastlabki muhojir sifatida tarixda qoldi.

Ma’lumot uchun: As’ad ibn Zurora roziyallohu anhu Baqi’ qabristoniga qo‘yilgan ilk ansoriy sahoba hisoblanadi.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?

16.05.2025   5315   1 min.
Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?

Shu yil, 14 may kuni Jizzax viloyatidan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Jizzax shahridagi “Qaliya” masjididan jo‘nab ketishdi. Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik. 


Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!


Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohingiz mag‘fur bo‘lsin!

Jizzax viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?
O'zbekiston yangiliklari