Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2025   |   2 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2025, 2 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Sinovlarga cabr qilish cunnatdir

26.09.2024   6138   2 min.
Sinovlarga cabr qilish cunnatdir

Alloh taolo Payg‘amba­rimiz sollallohu alayhi va sallamga bir qancha sinovlarni yubordi. Ha­li dunyoga kelmasidan otalaridan, olti yoshida onalaridan, sakkiz yoshida suyanchig‘i – bobolaridan ayrildilar.


Islom ummat orasida keng yoyilguncha ko‘plab mashaqqatlar chekdilar. Yettita farzandlaridan oltitasini o‘z qo‘llari bilan yerga qo‘ydilar. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bularning barchasiga go‘zal sabr qildilar.


Ulamolar aytadilarki, bu sinovlar bilan Alloh taolo Rasulimizning hayotlaridagi har bir lahzasini qiyomatga qadar keladigan ummatlari uchun dasturilamal bo‘lishini iroda qilgan.


Barcha mo‘minlar xotirjamlik, taqdirdagi yaxshilik ham, yomonlik ham Alloh taolodan ekaniga iymon keltiradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam mana shu iymonni hayotlarida o‘zlari yaqqol ko‘rsatib berganlar.


Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan Makkai mukarramadan Madinaga hijrat qilib ketayotganlarida orqalaridan ularni qatl qilish uchun kela­yotganlar bor edi. Abu Bakr bundan qattiq xavotirda ular­ni ko‘rib: “Yo Rasululloh, yaqin­lashib qolyapti-da”, dedi. Pay­g‘ambarimiz alayhissalom esa: “Xotirjam bo‘ling”, dedilar. Yoki g‘orda Abu Bakr: “Rasululloh hozir sal egilsalar, bizlarni ko‘rib qoladi”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qo‘rqma, Alloh biz bilan-ku”, deya Abu Bakrni xotirjam qildilar.


Rasululloh qabristondan o‘tib ketayotganlarida bir ayol dod-faryod bilan sochlarini yulib, yuzlarini tirnab, butun bag‘ri bilan o‘zini yerga urib yotgandi. Payg‘ambar alayhissalom unga: “Sabr qiling”, dedilar. U: “Siz yo‘lingizda ketavering, men bilan nima ishingiz bor?” deya qo‘pollik qildi. Rasululloh: “Sabr qilsangiz yaxshi bo‘ladi”, deya ketdilar. Keyin sahobai kiromlar keldilar: “Ey onaxon, nima qilib qo‘ydingiz, bu kishi kimligini bilasizmi, Payg‘ambarimiz alayhissalom edilar-ku, yaxshi ish qilmadingiz, beodoblik qilib qo‘ydingiz. Siz bir farzandingizdan ayrilgan bo‘lsangiz, bu kishi bir necha farzandlarini yer bag‘riga qo‘yganlar-ku”, deyishganda, boyagi ayol xatosini anglab, so‘ngra Rasulullohdan borib uzr so‘radi. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Albatta, sabr (musibatning) birinchi zarbasidadir”, deb marhamat qildilar.


Hayotda har qanday holatda ham sabr qilish, kishi o‘zini xotirjam tutishi Payg‘ambarimizdan bizga berilgan sunnatdir. Unga ergashganlargina ikki dunyoda ham saodat topadilar, inshoalloh. 


Zayniddin ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

raisi o‘rinbosari

"Hidoyat" jurnalining 7-sonidan

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan

29.04.2025   5128   1 min.
Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan

Qariyb o‘n oydirki, yurtimizning barcha hududlarida “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Hoji ota, hoji onalar, imom-xatib va faollar bilan birga mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, notinch, ajrim yoqasida turgan oilalar holidan xabar olib, qimmatli va’z-nasihatlar bilan ularning ko‘ngillariga iliqlik olib kirish barobarida xayriya va ehsonlar ulashmoqda. 

Bugunga qadar 84 ming 793 ta tadbir o‘tkazildi. Ularda 518 121 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi. 11 mingdan ziyod hojilar ishtirok etayotgan tadbirlar natijasida jamiyatdagi ma’naviy muhit yanada yaxshilanmoqda. Zero, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot kishilik jamiyatida doimiy qilinishi lozim bo‘lgan ishlar sirasiga kiradi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan Ma’naviy targ‘ibot – doimiy qilinadigan ishlardan
O'zbekiston yangiliklari