Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

«Subhanalloh» so‘zining tarjimasi

27.09.2024   10703   4 min.
«Subhanalloh» so‘zining tarjimasi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

«Subhanalloh» jumlasi Alloh taolo bandalari aytishini yaxshi ko‘radigan zikrlardan hisoblanadi. Biz har kuni besh mahal namoz o‘qiganimizda o‘ttiz uch martadan «Subhanalloh», «Alhamdulillah» va «Allohu akbar» zikrlarini aytamiz. Uning qanchalik savobli ish ekanidan xabardormiz. Ammo biz quyida «Subhanalloh»ning fazilati emas, balki mazkur jumlaning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Zero, aytayotgan zikrlarimiz mukammal bo‘lishi va ibodatimizda ixlos hosil qila olishimiz uchun zikrlarning ma’nosini bilish talab etiladi.

«Subhanalloh» jumlasi aslida arabcha سَبْحًا – يَسْبَحُ – سَبَحَ so‘zidan yasalgan bo‘lib, u lug‘atda «daryoda suzmoq», «yulduzlarning osmonda suzib yurishi» kabi ma’nolarni ifodalaydi. سُبْحَانَ so‘zi esa, mazkur fe’ldan yasalgan masdar (harakat nomi) hisoblanadi. سُبْحَانَ اللهِ jumlasi qisqartirilgan shakl bo‘lib, u aslida أُسَبِّحُ اللهَ سُبْحَانًا أو تَسْبِيحًا shakliga ega.

Bizdagi diniy adabiyotlarning aksariyatida «Subhanalloh» so‘zi «Allohni poklab yod etaman, Allohni poklayman», deb o‘girilgan. Mazkur jumlani bu tarzda tarjima qilish noto‘g‘ri. Chunki Alloh azaliy pok Zot, U bizning poklashimizga muhtoj emas. Allohning aybu nuqsondan Pokligining ibtidosi ham, intihosi ham yo‘q. U Zot bandalari «Subhanalloh» deganlaridan so‘ng Pok bo‘lgan emas yoki bandalar «Subhanalloh» demay qo‘ysalar U Zotning Pokligiga putur yetmaydi.

Hadisi qudsiylarning birida bunday deyilgan: «Ey bandalarim, sizlar Mening zararimga (ya’ni, Menga zarar yetkazish darajasiga) hech qachon yeta olmaysizlarki, Menga zarar bersangizlar! Mening foydamga ham aslo yeta olmaysizlarki, Menga foyda bersangizlar!» Imom Muslim rivoyati.

Aslida biz Allohni poklab yod etmaymiz, balki Uni pok deb bilamiz, har qanday aybu nuqsondan xoli ekanini tan olamiz, e’tirof etamiz, xolos.

Yahudiylar: «Uzayr Allohning o‘g‘lidir», nasroniylar esa «Masiyh Allohning o‘g‘lidir» degan da’voni qilishdi. Shuningdek, ular farishtalar Allohning qizlari, Alloh o‘ziga farzand tutdi, deb noloyiq gap-so‘zlarni tarqatdilar. Lekin bu bilan Allohning sha’niga zig‘ircha dog‘ tushgani yo‘q. Ular bu so‘zlari bilan Alloh Pokligiga putur yetkazolmaydilar. Shuningdek, mo‘minlar «Subhanalloh» deyish bilan Allohni poklagan ham hisoblanmaydilar. Ular «Subhanalloh» deyishlari bilan Allohning Poklik sifati ziyoda bo‘lib qolmaydi. Bu yerda hamma narsa e’tiqodga bog‘liq. Kofir va mushrik kimsalar Alloh sha’niga noloyiq gaplarni aytadilar va Allohga sherik qiladilar. Ularning e’tiqodi shunday. Mo‘minlar esa, Allohni har xil ayb-kamchilik va nuqsonlardan Pok va Ulug‘ Zot deb tan oldilar. Bandalar bundan ortiq narsaga toqat qila olmaydilar.

Shuni unutmaylikki, «poklamoq» so‘zi «aslida toza bo‘lmagan», «kir bosgan, ifloslangan narsani tozalash»ga nisbatan ishlatiladi. Masalan, qo‘lingiz kir, uni poklash uchun suv bilan yaxshilab yuvish lozim. Kiyimni ham xuddi shunday tozalanadi. Endi, bir o‘ylab ko‘ring, «tozalamoq» va «poklamoq» so‘zini Allohga nisbatan qo‘llash qanchalik katta xato!

Arab tilida «bobut-taf’iyl» vaznida yasaluvchi so‘zlarning ma’nolaridan biri shuki, u «fa’ala bobi»dagi fe’l ifodalagan ish-harakat yoki sifatni mavjud deb hisoblash yoki tan olishni bildiradi. Masalan:

صَدَقَ – rost gapirmoq, صَدَّقَ – rost gapirgan (yoki rostgo‘y) deb tan olmoq.

كَذَبَ – yolg‘on gapirmoq, كَذَّبَ – yolg‘on gapirgan demoq yoki yolg‘onchiga chiqarmoq.

Shunga o‘xshab سَبَّحَ fe’li ham «poklamoq» emas, balki «pok deb tan olmoq» ma’nosini ifodalaydi.

Arab tilidagi lug‘at kitoblarda, jumladan «Lisanul-arob», «An-nihoya», «Muxtorus sihoh» kitoblarida تَسْبِيحٌ so‘zi التَّنْزِيهُ وَالتَّقْدِيسُ وَالتَّبْرِئَةُ مِنَ النَّقَائِصِ deb izohlangan. Ya’ni, uning ma’nosi «nuqson va kamchiliklardan xoli, pok deb tan olmoq», «Allohning Pok Zot ekanini e’tirof etmoq»dir.

Bas, shunday ekan, «Subhanalloh» jumlasini o‘zbek tiliga tarjima qilishda yuqorida aytib o‘tilgan muhim va nozik jihatlar e’tiborga olinsa, barchamiz O‘z Zoti va sifatida Tengsiz va Ulug‘ bo‘lgan Alloh taoloning sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni aytishdan saqlangan bo‘lamiz.

Manba

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!

15.07.2025   8227   2 min.
Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!

Xabaringiz bor, 2025 yil hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muhtaram Prezidentimizga Qurbon hayiti tabrigini yo‘llab, yurtga qaytgach har bir hoji «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari» degan ezgu tashabbusni bir ovozdan olg‘a surgan edilar.
 

Ana shu ezgu tashabbus bugun amalga ko‘chib, hojilar, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib boryapti.


Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, hojilar, otinoyilar va mahalla faollari ishtirokida Xonqa tumanidagi «Sayid ota» jome masjidida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 


Tadbirdan so‘ng Xayrulla domla Abdullayev hududdagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘maklar ko‘rsatdi hamda haqlariga xayrli duolar qildi.


Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar, vakillik xodimlari, tuman bosh imom-xatiblari va otinoyilari, shuningdek, “Haj – 2025” ziyoratchilari, mahalla raislari ishtirokida tumandagi mahallalarga tashrif buyurdilar.


Mahalladagi oilalarga kirilib, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, er-xotin, aka-uka, ota-bola, qaynona-kelin, o‘rtasidagi kelishmovchilik va janjallar sababli notinch bo‘lib turgan oilalar o‘rganilib, ularga nasihat qilindi. Ajrim yoqasida turgan yoshlar yarashtirildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan kishilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi, tavsiyalar berildi.


Shuningdek, adashib aqidasi buzuq kimsalar tuzog‘iga tushib qolgan fuqarolar bilan ham suhbatlar o‘tkazilib, ularga islomning sof ta’limoti haqida ma’lumotlar berildi.


Shundan so‘ng ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda tumandagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning hujjat yuritish va obodonchilik bo‘yicha hamda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuning bilan bir qatorda, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish va shu kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.


Mazkur tadbirlardan so‘ng Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi. 

 

Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda! Xorazmda hojilar aholi muammolarini hal etmoqda!
O'zbekiston yangiliklari