Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Dekabr, 2024   |   21 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
22 Dekabr, 2024, 21 Jumadul soni, 1446
Maqolalar

O‘tganlar haqida “rahmatli” deyish joizmi?

30.09.2024   4544   1 min.
O‘tganlar haqida “rahmatli” deyish joizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Cavol: Marhumlar haqida gapirganda hozir ko‘p kishilar "rahmatli bo‘lib ketgan", deb aytishmoqda. Shunda men bunday deyish xato desam, kim aytdi buni, deb so‘rashyapti. Shunga bir izohli javob bersangiz?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Vafot etgan mo‘min-musulmonlarning haqqiga mazkur so‘zlar bilan duo qilish va o‘tganlarga Allohning rahmat va mag‘firatini umid qilish mustahab-savobli ishlardan biridir.

Musulmon insonning musulmon ustidagi haqlaridan biri vafotidan keyin uni yaxshilik bilan eslash, xotirlash va haqqiga xayrli duo qilishdir.

Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: “Ey, Rabbimiz! O‘zing bizlarni va bizdan ilgari iymon bilan o‘tganlarni mag‘firat etgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlarga nisbatan gina paydo qilmagin! Ey, Rabbimiz! Albatta, Sen mehribon va rahmli zotdirsan!” (Hashr surasi, 10-oyat).

Alloh taolo ushbu oyati karimada musulmonlarga o‘zlaridan avval iymon bilan o‘tgan zotlarning haqqiga duo va mag‘firat so‘rab duo qilishlarini ta’lim bermoqda. Musulmonlar asrlar osha ushbu ta’limotga sodiq qolib kelmoqdalar.

O‘tganlarni xotirlash va ularning haqlariga duo qilish turli xalqlarda turlicha ibora va so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Bizning xalqimizda o‘tganlarni “marhum”, “mag‘fur” “rahmatli”, “rahmatli bo‘lib ketgan” va shu kabi duo ma’nosidagi so‘zlar bilan yodga olish urf bo‘lgan va bu savobli amaldir.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Juma shukuhi

20.12.2024   4438   1 min.
Juma shukuhi

Toshkent viloyati, Chirchiq shahri “Amir o‘g‘li Hasanboy” jome masjidi

Juma shukuhi Juma shukuhi Juma shukuhi Juma shukuhi Juma shukuhi Juma shukuhi Juma shukuhi Juma shukuhi
Fotolavhalar