Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Dekabr, 2024   |   24 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
25 Dekabr, 2024, 24 Jumadul soni, 1446

Faxriy imom-xatiblar bayram bilan qutlandi

30.09.2024   9256   1 min.
Faxriy imom-xatiblar bayram bilan qutlandi

Ustoz – jamiyatni olg‘a boshlovchi va uning ertangi ku­nini ta’minlovchi, ta’bir joiz bo‘lsa, bir yo‘lchi yul­duzlardir. Ustozsiz hech bir jamiyat kamolga yetmagan. Shuning uchun ham xalqi­mizda “Ustoz otangdek ulug‘” degan chiroyli iboralar bor. Shunday ekan, ustozning ham ota-onadek haqlari bor.


Payg‘amba­rimiz sollallohu alayhi va sallam murabbiylarga olimlarni hurmat­lash, muallim va ustozlarni ulug‘­lash borasida ko‘pgina qim­matli ko‘rsatmalar ber­ganlar.


Imom Ahmad, Imom Tabaroniy va Hokim Uboda ibn So­mit­dan roziyallohu anhu rivoyat qiladi. Rasu­lul­loh sollallohu alayhi va sallam: “Keksalarimizni ulug‘­lamagan, kichiklarimizga mehribon bo‘lmagan va olim­larimizni (haqini) bilmagan mening umma­tim­dan emas”, dedilar.
 

1-oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlarimiz Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tizimidagi masjidlarda ko‘p yillar davomida xizmat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan nuroniy imom domlalar holidan xabar olib, bayram bilan qutladi.


Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti
Matbuot xizmati

Faxriy imom-xatiblar bayram bilan qutlandi Faxriy imom-xatiblar bayram bilan qutlandi Faxriy imom-xatiblar bayram bilan qutlandi Faxriy imom-xatiblar bayram bilan qutlandi Faxriy imom-xatiblar bayram bilan qutlandi
Boshqa maqolalar

Ehromda tikilgan kiyimlarni kiysa

24.12.2024   7796   1 min.
Ehromda tikilgan kiyimlarni kiysa

Cavol: Otam bilan Madinai munavvarada umra uchun ehromga kirib, Makkaga yo‘lga tushdik. Lekin yo‘lda havo sovub ketib, otam do‘ppi, kurtka va paypoq kiyib olishga majbur bo‘ldilar. Bu hol Makkaga yetib borgunimizcha davom etdi va ehromda umra qilib oldik. Savolim shuki, otam kiygan kiyimlarining har biri uchun alohida kafforat berilishi lozim bo‘ladimi? 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Erkak kishi haj yoki umraga ehrom bog‘laganda zarurat sababli bir nechta tikilgan kiyimni bir kunduz yoki bir kecha (yoki jami 12 soat)dan kam muddat kiyib yursa bitta sadaqa – yarim so’ (2 kg atrofida) bug‘doy yoki uning qiymatini haram chegarasida faqirlarga sadaqa qilishi kifoya qiladi.

Agar bir kunduz yo kecha (12 soat)dan ko‘p muddat kiyib yurgan bo‘lsa, haram chegarasi ichida bitta jonliq so‘yishi yetarli. Kiyimlar bir nechta bo‘lishi bilan sadaqa yoki so‘yiladigan jonliqlar soni ko‘paymaydi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, erkak kishi ehromdalik holida sovqotib qolsa, tikilgan kiyim kiyib olmasdan, adyolga o‘xshash biror yopinchiq o‘ranib olish yoki keng kiyimni yengiga qo‘llarini kiritmasdan, yelkasidan tashlab olish ham mumkin. Buni kiyim kiyish deb hisoblanmagani uchun jinoyat sanalmaydi va kafforot ham lozim bo‘lmaydi (“Kamolud diroya” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.