Alloh otamning umrlarini uzoq qilsin! Mollariga baraka bersin. Tug'ilganimdan boshlab meni qo'llaridan kelgancha hech narsaga zoriqtirmay o'stirdilar. Yetmaganiga hozirgacha xarajatlarimni o'zlari ko'taradilar. Hozir 40 yoshdaman. Hozirgacha ziyoratlariga kelsam, men ularga berishimning o'rniga darrov cho'ntaklariga qo'l solib, xarajatlarimga etadigan miqdordagi pulni qo'limga tutqazadilar. “Dadajon, yoshligimda meni keragidan ortiq ta'minlab qo'ygan edingiz, endi pul berish mening navbatim” desam “Qizim, men bu pullarni go'rimga olib ketarmidim, olaqol endi, senga bersam, Alloh mening molimga baraka beradi” deb olmaganimga qo'ymaydilar. Bundan tashqari nevaralari bilan ko'rishga borsam, ularning ham cho'ntaklariga pul solib qo'yadilar. Menga berganingiz hammamizga etadi desam ham ko'nmaydilar. “Bular ham bir yayrashsin, muzqaymoq olib eyishar” deb kulib qo'yadilar.
Ha, otalar farzadlari uchun pul tugul, jonlarini ham o'ylab o'tirmay berishga tayyor bo'lishar ekan. Alloh baxtimizga otalarimizni salomat qilsin!
Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.
Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi.
Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati