Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Dekabr, 2024   |   21 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
22 Dekabr, 2024, 21 Jumadul soni, 1446

O‘liklar nima uchun yig‘laydilar?

4.10.2024   5125   1 min.
O‘liklar nima uchun yig‘laydilar?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ibn Sammok rahimahulloh aytadilar:
"O‘liklar o‘lganlari uchun yig‘lamaydilar, balki ular qo‘ldan boy bergan narsalari uchun hasratu nadomat chekib yig‘laydilar. Allohga qasamki, foydalanib qolmagan diyorlari qo‘ldan ketdi, hozirlik ko‘rmagan diyorga keldilar.

Bu dunyo "ijaraga olingan uy"dir.
Siz uni har qancha o‘z mulkingiz deb o‘ylamang, siz xato qilyapsiz.
Dunyoda topgan neki narsangiz bor, bir kun uni tashlab ketasiz.

Oxirat "sizning mulkingiz"dir. Hozir uni obod qilish imkoniyati sizda bor. Bas, uni chiroyli qilib bezating. Yer ostida Allohning o‘zigagina ma’lum bo‘lgan muddatda yotasiz. U yerda hech qanday foydali amal qilish imkoniyati bo‘lmaydi. Hatto bittagina tasbih aytishga ham qodir bo‘lmaysiz.
Bas, shunday ekan, o‘lishdan oldin tiriklikni g‘animat biling. 
Oramizda shunday oddiy insonlar borki, ular biz bilan birga yer yuzida yashaydilar. Ularning na molu dunyosi va na mansabu martabasi bor. Ammo, ularning oxiratdagi mulklari juda keng. U yerda ular uchun qasrlar qurilmoqda, bog‘lar yaratilmoqda.
Siz ham solih amallar qilishni ko‘paytiring, shoyat Alloh taolo dunyo va oxiratingizni saodatli qilsa".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

 

Boshqa maqolalar

Bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishning zararlari

20.12.2024   34498   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati