Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar tashkilotining yuksak minbaridan O‘zbekistonning ezgu vazifasi – Islom dinini sivilizatsiya sifatida o‘rganishning yangi konsepsiyasini dunyoga taqdim etishni e’lon qilganiga sanoqli yillar o‘tdi.
Ikki muhtasham bino-ma’naviyat markazlari qurilishi boshlandi: Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy markazi va qadimgi Toshkent qoq markazidagi Islom sivilizatsiyasi markazi, bu yerda 2017 yilda kelajak avlodlarga ma’naviy me’rosni yetkazish poydevori qo‘yilgan edi.
Islom olamida o‘xshashi bo‘lmagan bu ikki ulug‘vor inshoot Temuriylar Uyg‘onish davrining eng yaxshi me’moriy an’analarini zamonaviy uslublar, shakllar va texnologik yechimlar bilan uyg‘unlashtiradi.
Islom sivilizatsiyasi markazi o‘z faoliyati boshlanishidan avval ham eski shaharning bezakiga aylangan edi. Butun dunyodan minglab sayyohlar uning arxitekturasiga qoyil qolishadi, uni suratga olishadi va ijtimoiy tarmoqlarda suratlarini baham ko‘rishadi.
E’tiborlisi, bu binoga O‘zbekiston fuqarolaridan ko‘ra ko‘proq xorijlik sayyohlar qiziqish bildirishadi. Ehtimol, bu aholining mamlakatdagi bunyodkorlik o‘zgarishlariga va obodonlashtirishga o‘rganib qolganligi bilan bog‘liqdir.
Mustaqillik bizgacha yetib kelgan nodir obidalarning saqlanib qolishiga imkon yaratdi. 2019 yilda ularning barchasi O‘zbekiston milliy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi va ularni qayta tiklash boshlandi.
Aynan shu damda O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi xayrli tashabbuslarni ilgari surdi. Islom sivilizatsiyasi markazining mahobatli binosi ro‘parasida joylashgan qadimiy mahallalar qa’rida ilk namunaviy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jamg‘arma ikkita me’moriy madaniy meros obyektini restavratsiya va rekonstruksiya qilish tashabbusi bilan chiqdi.
Gap nafaqat restavratsiya haqida, balki ushbu obyektlarning art-rezidensiya shaklida ma’naviy-kreativ hayot kaliti bo‘lishi haqida bormoqda. Bu yerda qadimdan meros bo‘lib qolgan an’ana va turmush tarziga ko‘ra, hayot hamon eski kunlardagidek davom etayotgan mahallalarda kreativ iqtisodiyotining ilk markazlari paydo bo‘ladi.
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Kreativ iqtisodiyotga bag‘ishlangan konferensiya davomida ehtimol, dunyoga ko‘rinmas, ammo eski shahar, yurtimiz, jamiyatimiz hayoti uchun o‘ta muhim voqealar bo‘lib o‘tgani e’tiborga molik. Xorijlik mehmonlar ishtirokida tarixiy “Namuna” va “Hasti Imom” mahallalarida art-rezidensiyalarining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Darvoqe, bu mahallalar allaqachon YUNЕSKOning Butunjahon merosi obyektlari dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan.
Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilib, qo‘lning bosh barmog‘i quloqning yumshog‘iga yetkaziladi va "takbiri tahrima" aytib, namozga kiriladi. Qo‘llar ko‘tarilganda kaftning ichki tomoni qiblaga qaratilib, barmoqlar biroz ochilgan holatda bo‘ladi.
Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilishi haqida bir qancha hadislar kelgan:
Voil ibn Hujr roziyalloxu anhu: "Men Nabiy sollallohu alayhi va sallamni namozga kirishda takbir aytib, qo‘llarini ko‘tarib, quloqlari barobariga ko‘targanlarini ko‘rdim", dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Anas ibn Molik roziyalloxu anhu rivoyat qilgan hadisda: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozga kirishda takbir aytib, so‘ngra ikki qo‘llarini ko‘tarib, bosh barmoqlarini quloqlariga barobar qilar edilar" (Imom Hokim va Imom Doraqutniy rivoyatlari).
Ulamolarimiz: “Hadislarda kelgan "qo‘lni quloq barobariga ko‘tarish”dan maqsad uni quloqqa tekkizishdir, chunki quloqning yumshog‘iga qo‘l tegishi qo‘lning quloq barobariga ko‘tarilganining aniq belgisidir”, deganlar. Bu haqda “Raddul Muhtor”, “Lubob fiy sharhil kitob”, “Fatavoi Qozixon”, “Sharhul Viqoya”, “Majma’ul anhur” shu kabi bir qancha mo‘tabar fiqhiy kitoblarimizda bayon qilingan.
Uychi tuman "Xizirobod" jome masjidi
imom-xatibi Sherzod Rahimov
Manba: t.me/softalimotlar