Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyun, 2025   |   29 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
25 Iyun, 2025, 29 Zulhijja, 1446
Yangiliklar

Toshkentda Eski shahar mahallarida kreativ iqtisodiyotning ilk markazlari paydo bo‘ladi

08.10.2024   6359   2 min.
Toshkentda Eski shahar mahallarida kreativ iqtisodiyotning ilk markazlari paydo bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar tashkilotining yuksak minbaridan O‘zbekistonning ezgu vazifasi – Islom dinini sivilizatsiya sifatida o‘rganishning yangi konsepsiyasini dunyoga taqdim etishni e’lon qilganiga sanoqli yillar o‘tdi.

Ikki muhtasham bino-ma’naviyat markazlari qurilishi boshlandi: Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy markazi va qadimgi Toshkent qoq markazidagi Islom sivilizatsiyasi markazi, bu yerda 2017 yilda kelajak avlodlarga ma’naviy me’rosni yetkazish poydevori qo‘yilgan edi.

Islom olamida o‘xshashi bo‘lmagan bu ikki ulug‘vor inshoot Temuriylar Uyg‘onish davrining eng yaxshi me’moriy an’analarini zamonaviy uslublar, shakllar va texnologik yechimlar bilan uyg‘unlashtiradi.

Islom sivilizatsiyasi markazi o‘z faoliyati boshlanishidan avval ham eski shaharning bezakiga aylangan edi. Butun dunyodan minglab sayyohlar uning arxitekturasiga qoyil qolishadi, uni suratga olishadi va ijtimoiy tarmoqlarda suratlarini baham ko‘rishadi. 

E’tiborlisi, bu binoga O‘zbekiston fuqarolaridan ko‘ra ko‘proq xorijlik sayyohlar qiziqish bildirishadi. Ehtimol, bu aholining mamlakatdagi bunyodkorlik o‘zgarishlariga va obodonlashtirishga o‘rganib qolganligi bilan bog‘liqdir.

Mustaqillik bizgacha yetib kelgan nodir obidalarning saqlanib qolishiga imkon yaratdi. 2019 yilda ularning barchasi O‘zbekiston milliy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi va ularni qayta tiklash boshlandi. 

Aynan shu damda O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi xayrli tashabbuslarni ilgari surdi. Islom sivilizatsiyasi markazining mahobatli binosi ro‘parasida joylashgan qadimiy mahallalar qa’rida ilk namunaviy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jamg‘arma ikkita me’moriy madaniy meros obyektini restavratsiya va rekonstruksiya qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Gap nafaqat restavratsiya haqida, balki ushbu obyektlarning art-rezidensiya shaklida ma’naviy-kreativ hayot kaliti bo‘lishi haqida bormoqda. Bu yerda qadimdan meros bo‘lib qolgan an’ana va turmush tarziga ko‘ra, hayot hamon eski kunlardagidek davom etayotgan mahallalarda kreativ iqtisodiyotining ilk markazlari paydo bo‘ladi.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Kreativ iqtisodiyotga bag‘ishlangan konferensiya davomida ehtimol, dunyoga ko‘rinmas, ammo eski shahar, yurtimiz, jamiyatimiz hayoti uchun o‘ta muhim voqealar bo‘lib o‘tgani e’tiborga molik. Xorijlik mehmonlar ishtirokida tarixiy “Namuna” va “Hasti Imom” mahallalarida art-rezidensiyalarining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Darvoqe, bu mahallalar allaqachon YUNЕSKOning Butunjahon merosi obyektlari dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan.

Toshkentda Eski shahar mahallarida kreativ iqtisodiyotning ilk markazlari paydo bo‘ladi Toshkentda Eski shahar mahallarida kreativ iqtisodiyotning ilk markazlari paydo bo‘ladi Toshkentda Eski shahar mahallarida kreativ iqtisodiyotning ilk markazlari paydo bo‘ladi Toshkentda Eski shahar mahallarida kreativ iqtisodiyotning ilk markazlari paydo bo‘ladi Toshkentda Eski shahar mahallarida kreativ iqtisodiyotning ilk markazlari paydo bo‘ladi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xato – bandaniki

24.06.2025   9968   1 min.
Xato – bandaniki

Bir yigit masjidga kelib biroz o‘tirgach, imomga e’tiroz bildirdi: 
 

– Endi masjidga kelib o‘tirmasak ham bo‘larkan...


Imom undan nima uchun bunday deganining sababini so‘radi. Yigit yon-atrofdagi hamma odam telefonga qarab o‘tirgani, ba’zilari o‘zaro gaplashayotgani uchun shu gapni gapirganini aytdi.


Imom biroz o‘ylab turgach, bunday dedi:

– Yaxshi, e’tirozing o‘rinli. Men bu haqda odamlarga eslatib turibman. Lekin sen endi masjidga kelmoqchi bo‘lmasang bir ish qilib ket.


Yigit rozi bo‘ldi. Imom unga bir piyolani to‘ldirib suv berdi va shu suvni bir tmchi ham to‘kmasdan masjidning ichini bir aylanib chiqishini iltimos qildi. Yigit bor diqqat-e’tiborini jamlab, ohista qadamlar bilan, ikki ko‘zini piyoladan uzmagan holda vazifani muvaffaqiyatli ado etdi.


Imom unga dedi:

– Barakalloh! Endi menga ayt-chi, sen shu topshiriqni bajarayotganingda kimlar gapirib o‘tirdi, kimlar telefoniga qaradi?


Yigit javob berdi:

– Men qayerdan bilay, axir butun diqqatim suvni to‘kib qo‘ymaslikda edi.


Imom dedi:

– Ana ko‘rdingmi? Sen topshiriqni bajarayotganingda butun fikru hayolingni bir joyga jamlading. Allohning huzurida turganimizni his qilib, xayolimizni ibodatga, Uning zikriga qaratsak, boshqalarning xatosini ko‘rishga vaqtimiz ham qolmaydi. Albatta, kimdir xato qilsa bu sening hidoyatdan yuz burib ketishingga sabab bo‘lmasligi kerak. Chunki xato dinniki yo masjidniki emas, balki bandaniki...


Yigit o‘ylab ko‘rib, xato qilganini tushundi. Keyingi jamat namozlarida xushu bilan qatnashishda davom etdi. 


Akbarshoh RASULOV