Jannatmakon yurtimizda ekologik barqarorlikni ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo'lga qo'yishga har qachongidan ham katta e'tibor qaratilmoqda. Halqimiz mehnatkash, azaldan bir parcha erdan mirishkorlik bilan foydalanib, xonadoniga Allohning inoyati ila baraka kiritayotgan, rizqu ro'zini butlab, omilkorlik bilan ish tutayotgan yurtdoshlarimiz ko'plab topiladi.
Daraxt ekish bilan inson o'zidan keyin sadaqai joriya qilgan bo'ladi. Sadaqai joriyadan esa insonga to qiyomatgacha savob etib boradi. Bu haqda ham Payg'ambarimiz (s.a.v.) “Agar biror banda biron ko'chat ekadigan bo'lsa, undan inson, hayvon yoki qush esa, bu o'sha bandaga qiyomat kunigacha sadaqai joriya bo'ladi”, deyilgan (Muslim rivoyati).
Bu amalning dehqonga nafaqat tirikligida, balki, vafotidan so'ng ham manfaati etib turadi.Ekilgan ko'chat va daraxtlar xamda o'simliklar doimo Allox Taologa tasbeh aytib turadi. Inson erning go'zalligini nafaqat asrab avaylashi, balki uning yanada gullab yashnashi uchun o'z xissasini qo'shmog'i lozim. Atrof-muhitni muhofaza qilish, kelajak avlodga tabiiy boyliklarini bus-butun etkazish, ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo'shish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Ko'chat ekish, dehqonchilik qilish fazilati va ahamiyati nechog'li ulug'dir, muborak kitoblar ko'chat ekuvchilarning Alloh dargohida erishadigan ajr-savoblaridan xabar beradi. Ushbu amal insonga nafaqat tirikligida, balki vafotidan so'ng ham manfaat etkazib turadi, ya'ni qiyomat kunigacha sadaqai joriy sifatida banda foydasiga xizmat qiladi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ummatlarini ko'chat o'tkazish va ekin ekishga targ'ib qilganlar. Anas ibn Molik (roziyallohi anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Agar qiyomat bo'lib qolsa va birontangizning qo'lida xurmo daraxti bo'lsa, uni ekib qo'ysin”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Inson erning go'zalligini nafaqat asrab-avaylashi, balki uning yanada gullab-yashnashi uchun o'z hissasini qo'shmog'i lozim. Atrof-muhitni muhofaza qilish, kelajak avlodga tabiiy boyliklarini bus-butun etkazish, ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo'shish, tabiatni, ekin va daraxtlarni asrab avaylash oldimizda turgan muxim vazifalardan biri xisoblanadi.
Yangiyo'l tuman “Imom Sulton”
jome masjidi imom xatibi Narzullayev Odiljon.
Hanafiy mazhabimizda «ishorai sabboba» sunnat amal xisoblanadi. U to‘g‘risida bir necha hadisu shariflar vorid bo‘lib, quyidagi manbalarda u to‘g‘risida va qanday qilinishi borasida to‘xtalib o‘tilgan. Abu Lays Samarqandiy “Navozil”, Kamoliddin Ibnu Humom “Fathul qodir”, Alloma Alouddiyn Kosoniy “Badoi’us Sanoiy”, Ibn Obidiyn “Raddul muxtor”, Abdulhay Laknaviy “Umdatur ri'oya”, “E’lo’us sunan” kabi mo‘tabar manbalarda ham sunnat ekanligi zikr qilingan. Bu haqida Aliy Qoriy ikkita “Tazyinul ibora tahsinul ishora” va “At-tadhiynu lit tazayyun”, Hofiz Ibn Hajar “Talhisul hobir”, Ibn Obidiyn “Raf’ ul taraddud” nomli bir qator risolalarda ham yozib o‘tganlar.
Imom Termiziy Abu Humayddan rivoyat qiladilar: “O‘ng kaftlarini o‘ng tizzalariga, chap kaftlarini chap tizzalarini ustiga qo‘yib barmoqlari bilan ishora qilar edilar”.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallolohu alayhi vasallam namozda, ya’ni tashahhudga o‘tirsalar o‘ng qo‘llarini o‘ng tizzalarini ustiga chap qo‘llarini chap tizzalarini ustiga qo‘yib ko‘rsatkich barmoqlarini ko‘tarib ishora qilardilar. Chap qo‘llari tizzalarini ustida turar edi”. Ushbu hadisga sahobalar, tobe’inlar amal qilib, tashahhudda ishorani ixtiyor qildilar. Ahmad Nofi’dan rivoyat qiladilar: “Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo namozda tashahhudga o‘ltirsalar ikki qo‘llarini ikki tizzalariga qo‘yib barmoqlari bilan ishora qilib, ishora qilgan barmoqlariga qarab turar edilar, so‘ng Rasululloh sallalohualayhi vasallam: “Barmoq bilan ishora qilish shaytonga temirdan ham shiddatliroq”, derdilar.
Aliy Qoriy “Tazyinul ibora tahsinul ishora” kitoblarida ushbu hadisni sharhlab aytadilarki, “Barmoq bilan ishora qilish urushda temir qurolni ishlatishdan ham qiyinroqdir, go‘yo tavhidga ishora qilish bilan shayton mo‘min bandani adashtirishi, shirkka olib borishdan bo‘lgan umidini kesadi”.
Imom Suyutiy “Jome’ul kabir” kitoblarida Uqba ibn Omirdan rivoyat qiladilar: “Kishi namozida ishora qiladigan har bir ishorasiga o‘nta hasanot yoziladi”, dedilar.
Ibn Obidiyn “Raf’ul taraddud” nomli kitoblaridagi «ishorai sabboba» haqida vorid bo‘lgan hadislar, olti sahih kitoblarning hammasida zikr qilingan. U hadislarni hattoki, ma’naviy mutovotir deyish durust bo‘ladi deganlar.
«Ishorai sabboba» qilish borasida sahobalar, ularga ergashgan tobe’inlar ixtilof qilmadilar. Imom Abu Hanifa va u zotning ikki shogirdlari Imom Abu Yusuf va Imom Muhammmad, Imom Molik, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbal hamda mutaqaddim ulamolar «ishorai sabboba» sunnat ekanligiga ittifoq qilishgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, «ishorai sabboba»ni tashahhudga o‘tirganda, duoni o‘qib “Ashhadu anna...” deganda namozxon o‘ng qo‘lni ko‘rsatgich barmog‘ini ko‘taradi, “illalloh” deganda tushiradi. Tashahhud duosini avvalidan qo‘lni qimirlatib turish durust emas. Shuni takidlash lozimki, «ishorai sabboba» rivoyatlaridan bexabar bo‘lib, bu amalni qilmagan namozxonni aslo malomat qilinmaydi.
Namangan shahar "Mulla Bozor Oxund" jome masjidi
imom noibi Anvarxon Akramov
Manba: @Softalimotlar